55
Shoira qiz va uning onasi haqidadir. Habiba opa qizini baholari pasayib ketganini
ko‘rib, uni uy yumushlaridan ozod qiladi. Lekin bir kuni onasi ishdan kelganida
Shoira uyda yo‘q edi. Ona qizidan hafa bo‘ladi. U qizini izlan Oitbibilarning uyiga
boradi. Ona uyerdagi ahvolni ko‘rgandan keyin, qizini holatiti tushundi. Ona qiziga
yaxshi ish qilganini lekin, darslardan orqada qolmasligini aytadi. Qiz onasidan
xursand bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdi-ki, hikoyada do‘slik, ona mehri, yaxshilik
kabi fazilatlar namoyon bo‘lgan. Yaxshilik qilaman deb onasini aldamaslik, doim
onani maslahati bilan ish tutish kerakligini bolalar tushunib yetadilar. Bu hikoyani
o‘qib bolalar onalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishni o‘rganadilar. Boshqa
savob ishlarni bajarish bilan birgalikda, darslarni ham o‘z vaqtida bajarish
kerakligini tushunib yetadilar.
Hamdam Sodiqovning ―Tomaris‖ hikoyasida Massagetlar malikasi
To‘maris haqida bayon qiladi. Eramizdan avvalgi 529 – yilda bo‘lib o‘tgan fors-
massagetlar jangi voqealari aks etgan. Lekin, jangda To‘marisning o‘g‘li
Spargangiz vafot etadi. Tomaris alam ustida o‘glining o‘chini oladi va jangda
mardlarcha g‘olib bo‘ladi. Hikoyada mard, jasur ona timsoli gavdalanadi. To‘maris
obrazi orqali bolalar vatanga muhbbat ruhida tarbiyalanadilar.
Dostları ilə paylaş: