―Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi asarlarni zamonaviy



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix23.03.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#89358
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Mehribon oyijonim Po’lat Mo’min
9
 
Juda ham a‘losiz, oyijon, 
Juda ham donosiz, oyijon. 
Siz meni qo‘zim, deb sevasiz, 
Nur to‘la ko‘zim, deb sevasiz, 


47 
Oyijon, oyijon, oyijon. 
Siz meni barchaga yaxchilab
9
G‘affarova T. va boshqalar ―O‘qish kitobi ‖, 1-sinf ucnun darslik. 38-39bet T. , 2012 yil
Quchasiz o‘rgilib, erkalab. 
Shu aziz boshimni silaysiz, 
Menga baxt, omonlik tilaysiz, 
Oyijon, oyijon, oyijon.
1-sinf o‘qish darsligida berilgan―
1
1
2-sinf o‘qish kitobida Abdulla Oripovning ―Alisherning onasi‖ she‘ri 
berilgan. She‘rda Ulug‘mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning yoshligi, uning 
onasi haqida fikr yuritilgan. Sherda Alisherning onasi qiyoslanadi. 
Alisherning onasi 
Abdulla Oripov 
Bilaman, qanday ayol bo‘lgan 
Alisherning onasi. 
Balki, uning aqliga ham 
Lol qolgandir zamonasi. 
Balki, uning ko‘zlarida 
Bo‘lgan og‘ir bir hayol.
Balki, g‘mgin bir zotdir u, 
Balki, sho‘xchan bir ayol.
1
T G‘affarov, Sh. Nurillayeva,. va boshqalar 2- sinfga o‘qish darslari ,T., 2012 yil(117-b)


48 
Balki, buyuk farzandiga 
Terib, kelgan
chechaklar.
Balki, tunlar unga bedor 
Aytib bergan ertaklar. 
Maylida, u kim bo‘lmasin, 
Yo‘g‘izbir so‘z ma‘nosi: 
Alisherning onasi u, 
Alisherning onasi. 
2-sinf o‘qish darsligida Umarali Qurbonovning ‖Onam‖ she‘ri berilgan. 
Sherda onasini ardoqlagan, e‘zozlagan bola haqida fikr yuritilgan. Bola onasini 
juda ham yaxshi ko‘rishini, katta bo‘lganida onasini oyga olib chiqishini, gard 
yuqtirmay kaftida ko‘tarib yurishini zo‘r ishtiyoq bilan so‘zlab bergan. 
Onam. Umarali Qurbonov.
1
 
Qo‘lda chaqaloq ukam 
Yiglar ‖inga-inga‖ lab. 
Alla aytsam ko‘nmaydi, 
Boqmaydi hech yuzimga. 
‖Tobi qochgan, hoynahoy‖, 
Dedim o‘zim o‘zimga. 
Onam kelib oldilar, 
Yig‘isi tindi-qoldi. 
Go‘yo yomg‘ir o‘rnini 
Kun chiqib, oftob oldi. 
Shunda qalbim charaqlab,
Onajonim quchqanman. 
Ta‘zim qilib, bosh egib, 
Dildan qasam ichganman: 
1
T G‘affarov, Sh. Nurillayeva,. va boshqalar 2- sinfga o‘qish darslari ,T., 2012 yil(118-b)


49 
Oyga uchsam, onamni 
Olib uchay kiftimda. 
Gard qo‘ndirmay bir umr, 
Ko‘taraman kaftimda. 
Boshlangich sinf o‘quvchilari bu she‘rni o‘qish orqali onaga mehr-
muhabbati yanada ortadi. Onasiga vafodor, mehribon bo‘lib o‘sib- ulg‘ayadilar. 
Onasiga yordamlashish, uy ishlarini bajarish, ko‘maklashish orqali bolalarda 
mehnatga layoqat sifatlar shakllanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida berilgan barcha asarlar o‘z 
xususiyatiga ega. Ayniqsa. 3-sinf darsligi o‘quvchilarni ta‘lim-tarbiyasida muhim 
ahamiyat kasb etishi bilan birgalikda, ona haqidagi asarlar ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. ‖Go‘zal fazilat- inson husni‖ bo‘limid berilgan ‖Onani rozi qilish 
haqida‖ hadis berilgan. Bu hadis tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, onani rozi 
qilish kerkligi haqida. 
‖Onani rozi qilish haqida‖ ‖Hadis‖ dan 
Bir kishi Rasulullohdan: ‖Men yahshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?‖ –deb 
so‘rabdi. ‖Onagga‖, -dabdilar Rasululloh. U kishi shu savolni uch marotaba 
qaytaribdi. Rasululloh ‖Onagga‖, deyaveribdilar. To‘rtinchi marotaba so‘rabdi. 
Shunda: ‖Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga! – debdilar Rasululloh. 


50 
3-sinf darsligida berilgan ‖Ota-onani hurmatlash haqida‖ Qobusnomadan 
matnida farzand va ota-ona haqida so‘z borib, farzandning burchi, ot-onaning 
burchi, vazifasi, mehri gavdalanadi. 
3- sinf darsligida berilgan ‖ Bobur va Humoyun‖ ( Primqul Qodirov) 
hikoyasida Humoyunning betob bo‘lib qolishi, onasining yum-yum yig‘lashi, 
Boburning esa Humoyunning betobligidan bezovtalanishi va xudoga nolas i aks 
etgan. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin