44
Boshlang‘ich
sinf
o‘qish
darslarida
o`qitishning
muvaffaqiyatini
ta'minlaydigan omillardan yana biri ona haqidagi asarlarni o`qitishdir. 1-sinf ―Ona
allasi‖ (Rivoyat), ‖Mehribon oyijonim‖ (Po‘lat Mo‘min) she‘ri, ― Ona sabog‘i‖
(G‘iyos Komilov) hikoyasi, ―Ota-ona‖ (Tolib Yo‘ldosh) she‘ri, 2-sinf ―Alisherning
onasi‖ (Abdulla Oripov) she‘ri, ―Onam‖ (Umarali Qurbonov) she‘ri, 3-sinf Go‘zal
fazilat – inson husni bo‘limida ―Onani rozi qilish haqida‖ (Hadis), ―Ota-onani
hurmatlash haqida‖ (Qobusnoma), ―Bobur va Humoyun‖ (Primqul Qodirov)
hikoyasi, ―Ota-ona duosi‖ (Safo Ochil) she‘ri,
Primqul Qodirovning, ―Ona mehri‖
(O‘ktam Usmonov) ertak, 4-sinf ―Shoira‖ (Hakim Nazir) hikoya, ―To‘maris‖
(Hamdam Sodiq) kabi hikoyalar berilgan bo‘lib, o‘quvchilar bu ona haqidagi
asarlarni o‘qib- o`rganishlari natijasida ushbu asarlarning badiiy estеtik qadr-
qimmatini chuqurroq o`zlashtirishga erishadilar. Boshlang‘ich
sinf darsligida
berilgan ona haqidagi barcha asarlar o‘quvchining yoshini hisobga olgan holda,
uzluksiz ravishda mazmun jihatidan chiroyli bayon etilgan.
―O`qish kitobi‖ darsliklaridagi ona haqidagi asarlar sinfdan - sinfga o`tgan
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kеngayayib boradi.
1-sinfda o`rgatiladigan ―Mehribon oyijonim‖, she‘rida qizchaning onasiga
atgan so‘zlari
aks etsa, ―Ona allasi‖ rivoyatida podshohning alla eshitib onasini
yod olgani namoyon etiladi. ―Ona sabog‘i‖ hikoyasida buyuk munajjim,
shoh va
shoir Bobur bilan onasining suhbati aks ettirilgan, ―Ota-ona‖ she‘rida esa to‘kis
oila haqida fikr yuritiladi.
2-sinfda berilgan ―Alisherning onasi‖ sherida Alisherning munis onasi aks
etadi, ―Onam‖ sherida ham bolaning onasiga mehri jo‘shqin kuylanadi.
3-sinfda ―Onani rozi qilish haqida‖ hadis berilgan bo‘lib,
onani rozi qilish
haqida so‘z boradi, ―Ota-onani hurmatlash haqida‖ Qobusnomadah parcha berilgan
bo‘lib, farzand tarbiyasi haqida nasihatlar berilgan, ―Bobur va Humoyun‖
hikoyasida betob Boburmirzoning ota-onasining nolasi aks etadi, ―Ota-ona duosi‖
she‘rida ota-ona duosi haqida so‘z borsa, ―Ona mehri‖
ertagi orqali onaning
jasorati va ona va yalmong‘iz kampirning munosabati namoyon bo‘ladi.
45
4-sinfda ―Shoira‖ hikoyasi orqali mehmatkash, mehribon, aqlli, dono, Shoira
qiz haqida fikrlar bildirilsa, ―To‘maris‖ hikoyasida esa o‘z
ona yerini himoya
qilgan mard, jasur, To‘maris haqida so‘z boradi. Bu kabi asarlar orqali
o‘quvchilarni onaga mehribon, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab boriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi
asarlar matni shu
bilan xarakterliki, o‘quvchilar ona haqidagi matnlarni o‘qish mobaynida onaga,
vatanga bo‘lgan munosabati ma‘naviy jihatdan rivojlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: