Darslikning 2-bo’limi Xalq og’zaki ijodi deb nomlanib, unda xalq qo’shiqlari, allalar, “Qaysar buzoqcha” masali o’rin olgan.
Xаlq оg’zаki ijоdi xilmа-xil jаnrlаrdаn tаrkib tоpgаn bo’lib, ulаrdа xаlqning dunyoqаrаshi, bаdiiy zаvqi, ijоdiy qоbiliyati, оrzu vа intilishlаri аks etgаn.
Ijodkor xalq badiiy so‘zning yosh avlod tarbiyasidagi kuchi va jozibasiga qadim zamonlardanoq ishongan. U o’zining eng noyob asarlarini so’z mo’jizasi bilan dunyoga keltirgan. Hali yozuv nimaligini bilmagan vaqtlarda ham odamlar o’yin-kulgini, rasm chizishni bilganlar. Xalqimiz orasidan buyuk iste‘dod sohiblari baxshilar, naqqoshlar, san’atkorlar va roviylar yetishib chiqqanlar.Ularning asarlarida ko’hna tarix izlari, xalq termalari, dostonlarida ona allalari va bola o’yinlarida saqlanib qolgan. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab yoqimli ona allasini eshitadi. Alla bola ongiga ona suti bilan kiradi. Bola ulg’ayib borgan sari, qo’shiqlar ohangi ham o’zgarib boradi. Dostonlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar bolalarning dunyo qarashini kengaytiradi, bolaning ma‘naviy dunyosini shakllantiradi. Bolalar o’z harakatlarida kattalarga taqlid qila boshlaydilar.
Bolalarni yoshligidanoq foydali ishlarga o’rgatish mashg’ulotlar, qo’shiqlar, ertaklar orqali amalga oshiriladi. Bola allalagan ona o’ziga xos poeziya yaratadi. U beshik ustida bugun aytgan so’zlarini ertaga takrorlamaydi, nimadir qo’shib boyitibroq aytadi. Shu yusinda allalar, ertaklar, qo’shiqlar, termalar, topishmoqlar yig’ilib katta bir dengizni hosil qiladi. Bolalar folklori bola uchun ilk tarbiya darsligi, ma‘naviy boyliklarning bitmas-tuganmas xazinasidir.
Umuman olganda, o‘zbеk xаlq оg’zаki ijоdi bolalarning dastlabki odob-axloq, hayot haqidagi darsligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Darslikning 3-bo’limi “Kuz manzarasi va mehnat” deb nomlanib, Yoldosh Sulaymonning “Kuz”, A.Obidjonning “So’nggi axborot” she’rlari o’rin olgan.
Yoldosh Sulaymonning “Kuz” she’rida kuz faslining tarovati, oltin misol barglarning daraxt shoxlarida tovlanishi, turli xil mevalarning g’arq pishgani, bog’u rog’larda, dala-adirlarda ish qizg’in pallaga yetgani, dehqon mehnatini samarasidan zavqlanib yetishtirgan mahsulotlarini xalqqa ulashishi nihoyatda ta’sirchan tasvirlangan. Bu she’rni o’qigan har bir kichkintoy qalbida kuz fasli haqidagi tushunchalari kengayishi bilan birga mehnatga muhabbati ortadi.
Marvarid kuz
Qildi ko’z-ko’z
Bisotida borini.
Bog’da hil-hil
Meva xil-xil
Sanab bo’lmas barini.
Istasangiz
Saylab-saylab
Husaynidan uzasiz.
Nok, shaftoli,
Anjir boli
Xuddi qaymoqni deysiz.
Shunday go’zal
Shunday asal
Ehson tutgan o’zi kim?
Dehqon og’am, dehqon tog’am,
O’sha dehqon amakim. (55-bet)
A.Obidjonning “So’nggi axborot” she’rida kuz faslida g’arq pishadigan bog va poliz mahsulotlarini yumoristik tarzda tasvirlab, o’quvchini yengil kulgiga undaydi. Shuningdek, kuz shamollari daraxt shoxidagi barcha mevalarni to’kilishini hosilni yig’ib-terib olinadigan davr ekanligiga ishora qiladi. She’rga diqqat qilsangiz, buning guvohi bo’lasiz.
Bo’lib o’tdi qishloqqa
Kecha zo’r shamol.
Natijada ro’y berdi
Anchayin kor-hol.
Uzum boshi aylanib
Bo’p qoldi kasal.
Shoxdan yiqilib olma
Yotibdi o’sal.
Shamollatdi qornini
Oshqovoq polvon
Pachoq qildi burnini,
Mulla baqlajon.
Uyquchiroq bir tarvuz
Yumala borib.
Uyg’onibdi qovunning
Boshini yorib.
Darslikning 4-bo’limi “Kumush qish” deb nomlanib, bunda qish faslining o’ziga xos xususiyatlari Z.Diyorning “Birinchi qor”, O.Xolmirzayevning “Qish zavqi”, D.Komiljonovaning “Yangi yil archasida”, Q.Hikmatning “Ayamajiz” she’rlarida yorqin ifodalanfan. Shuningdek, qish faslida muhim sana hisoblangan Konstitutsiyamizga bag’ishlab S.Barnoyevning “Bosh kitob” she’ri diqqatga sazovordir.
Ozod erkinlikning
Ramzi- bu kitob.
Unda aks etgandir
Haq-huquqimiz.
Yo’limiz yoritar
Misoli oftob.
Nazarimda, xuddi ana shu betakror o’xshatishlari she’rga jon baxsh etadi, yosh kitobxon ko’z o’ngida Ona-tabiatning jonli, mukammal manzarasini yaratadi, tabiatning har bir sahifasi: jumladan dov-daraxt uyquga cho’mgan, hamma yoq oppoq qor bilan qoplangan, issiq uyda o’tirib o’qiyotgan kitobingdagi tasviriyoq etingni junjiktirib yuboradigan qahraton qish ham yosh kitobxon ko’z o’ngida o’zgacha qiyofada aks etadi, yashirin go’zalligini namoyon qiladi, G’afur G’ulom aytmoqchi: “biz uchun qadrdon qish”ga aylanadi. Zafar Diyorning “Birinchi qor”she’rida ana shu turfalik o’z aksini topgandek guyo:
Oppoq tiniq
Oppoq qor.
O’ynab tushar osmondan.
Qor qo’ynida o’ynoqlab
Yurar yoshlar shod-xandon.
Darslikning 5-bo’limi “Vatan himoyachilari” deb nomlanib, unda M.A’zamning “O’zbekiston posbonlari”, K.Turdiyevaning ‘Dunyoni saqlar bolalar”, H.Rahmatning “Botir askarcha”, A.Nosirovning “Istiqlolga sharaf-shon”, P.mo’minning “O’ktam avlod” she’rlari o’rin olgan. Bu she’rlarning g’oyaviy mazmuni va maqsadi bir mavzuga qaratilgan. Ya’ni, Vatanni tashqi g’ayritabiiy kuchlardan saqlash, doimo ogoh bo’lib yashash, askarlik burchi va askarlikka havasmand o’glonlar orzusi badiiy ifodalangan. Masalan, Miraziz A’zamning “O’zbekiston posbonlari” she’ri o’qigan bolani hayajonga soladi.
Bir sinfdan uch bola
Harbiylikka ahd qildik.
Turli harbiy fanlarni
O’rganmoqqa shahd qildik.
Yoki Habib Rahmatning “Botir askarcha” she’ri nihoyatda ta’sirli bo’lib, o’quvchi-yoshlar qalbida Vatanga sadoqatli bo’lish, xalqqa xizmat qilish tuyg’usi shakllanadi.
-Dada, askar akam
Qadam tashlar gurs,gurs,gurs,
Vatanimga, xalqimga
Sodiqman, deb bergan so’z.
-Shundaymi?
-Shunday!
-Vatanimni, xalqimni
Ko’z qoramdek saqlayman.
Askar akamga o’xshab
El ishonchin oqlayman.
-Shundaymi?
-Shunday!