Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom


III. O‘quvchilarining yillik reyting ballarni aniqlash mezoni



Yüklə 41,72 Kb.
səhifə5/5
tarix13.08.2022
ölçüsü41,72 Kb.
#63110
1   2   3   4   5
Baholash nizomi

III. O‘quvchilarining yillik reyting ballarni aniqlash mezoni
(o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning quyidan yuqoriga ijobiy
baholash mezoni asosida)

Har bir fandan o‘quvchilarning yil davomida egallagan haqiqiy bilim, ko‘nikma va malakasi asosida yillik reyting ballari quyidagicha aniqlanadi:


O‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi “3” bo‘lsa, unga quyidagi yillik reyting balllardan biri belgilanadi:

Baho

Yillik reyting ball

3

56

3

60

3

65

3

70

O‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi “4” bo‘lsa, unga quyidagi yillik reyting balllardan biri belgilanadi:



Baho

Yillik reyting ball

4

71

4

75

4

80

4

85

O‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi “5” bo‘lsa, unga quyidagi yillik reyting balllardan biri belgilanadi:



Baho

Yillik reyting ball

5

86

5

90

5

95

5

100

Yillik reyting ballari yuqorida qayd etilgan ballardangina iborat bo‘lib, yillik reyting balini belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi (minimal 55 ball bundan mustasno).


O‘quvchilarning yakuniy reyting bali o‘quv yili yakuni sifatida muassasa ma’muriyati va ota-onalar e’tiboriga taqdim etiladi.
Agar o‘quvchi yillik reyting balidan foydalana olmasa, bu holat ota-onalarga to‘g‘ri talqinda tushuntirilishi shart. Jumladan, “farzandingizning yillik reyting bali 55 balni tashkil etdi, yozgi ta’til davomida va navbatdagi o‘quv yilida u bilan astoydil shug‘ullansangiz, undagi ichki imkoniyatlar ro‘yobga chiqib, farzandingiz yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin” kabi...
O‘quvchilar tomonidan foydalanilgan balni quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni asosida to‘ldirish, qo‘shimchalar kiritish, choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholarni va yillik reyting balini aniqlash faqat fan o‘qituvchisining vakolatida bo‘lib, bu jarayonga chetdan aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yüklə 41,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin