Boshlang`ich sinf o`quvchilariga kombinatorika elementlarini o`rgatish mundarija kirish



Yüklə 16,96 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü16,96 Kb.
#132956
kombinatorika1


Boshlang`ich sinf o`quvchilariga kombinatorika elementlarini o`rgatish
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB.

    1. Kombinatorik masalalar va tartiblangan to‘plamlar. Binomial koeffisiyentlar va ularga oid ayniyatlar

1.2. Umumlashgan o‘rinlashtirishlar va guruhlashlar .Takrorli o‘rinlashtirishlar, o‘rinlashtirishlar va guruhlashlar
II BOB.

    1. Kombinatorikaning asosiy tushunchalari

2.2. Kombinatorikaning ehtimollar nazariyasiga tadbiqlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi paytda bu sohalar bo‘yicha olingan bilimlar turli kasb mutaxassislariga juda ham ham zurur. O‘z faoliyatini maqsadini aniqlay olish va unga erishish uchun shaxdam qadamlar qo‘yish – kompetentli, raqobatbardosh qobiliyatli mutaxassisning xarakterli xususiyati, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika esa har qanday fanga qaraganda ko‘proq shaxsning ijobiy o‘zgarishlari uchun yordam beradi. Kurs ishining dolzarbligi mana shulardan iborat.


Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Ommaviy tasodifiy jarayonlar qonuniyatlarini (ehtimollar nazariyasi fani) va kuzatishlar natijalarini qayta ishlash muhim usul va yo‘llarini (matematik statistika o‘rganadigan) bilish har bir kasbdagi mutaxassis uchun amaliy masalalarni yechishda qo‘l keladi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani o‘rganishni esa avvalo kombinatorika asoslari bilan tanishmasdan mumkin bo‘lmaydi.
Kurs ishining predmeti «Kombinatorika» atamasi matematikaga Leybnits tomonidan kiritilgan bo‘lib, uni 1666 yilda chop etilgan «Kombinatorika san’ati to‘g‘risida mulohazalar» nomli kitobida birinchi marta qo‘llagan edi. Hozirgi vaqtda kombinatorik usullar informatsiya nazariyasi muammolarini, chiziqli dasturlash masalalarini yechishda, transport masalalarini yechish uchun va h.k.larni hal qilishda keng qo‘llanilmoqda. Kombinatorik masalalar nafaqat matematika go‘zalligini ko‘rsatishga, balki amaliy matematik masalarni yechishda yangi kompyuter texnoogiyalarining imkoniyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi. Diskret matematikaning masalalaridan hisoblangan kombinatorik masalalar ko‘pincha ob’ektlarning turli kombinatorik konfiguratsiyalarini tanlashga va ular orasidan u yoki bu masala shartiga va nuqtai nazaridan eng yaxshisini tanlashga olib kelinadi. Shuning uchun keng tarqalgan kombinatorik konfiguratsiyalarni hosil qilish algoritmlarini bilish masalani butunlay muvaffaqiyatli yechishning zarur sharti hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti boshlang`ich sinf o`quvchilariga kombinatorika elementlarini o`rgatishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi kirish qism ikkita bob , xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytishim mumkinki, kombinatorika predmeti va paydo bo‘lish tarixi. Matematikaning kombinatorik tahlil, kombinatorik matematika, birlashmalar nazariyasi, qisqacha, kombinatorika deb ataluvchi bo‘limida chekli yoki muayyan ma‘noda cheklilik shartini qanoatlantiruvchi to‘plamni (bu to‘plamning elementlari qanday bo‘lishining ahamiyati yo‘q: harflar, sonlar, hodisalar, qandaydir predmetlar va boshqalar) qismlarga ajratish, ularni o‘rinlash va o‘zaro joylash ya‘ni, kombinatsiyalar, kombinatorik tuzilmalar bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi. Hozirgi davrda kombinatorikaga oid ma‘lumotlar inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Jumladan, matematika, kimyo, fizika, biologiya, lingvistika, axborot texnologiyalari va boshqa sohalar bilan ish ko‘ruvchi mutaxassislar kombinatorikaning xilma-xil masalalariga duch keladilar.


To‘plamlar nazariyasi iboralari bilan aytganda, kombinatorikada kortejlar va to‘plamlar, ularning birlashmalari va kesishmalari hamda kortejlar va qism to‘plamlarni turli usullar bilan tartiblash masalalari qaraladi. To‘plam yoki kortej elementlarining berilgan xossaga ega konfiguratsiyasi bor yoki yo‘qligini tekshirish, bor bo‘lsa, ularni tuzish va sonini topish usullarini o‘rganish hamda
bu usullarni biror parametr bo‘yicha takomillashtirish kombinatorikaning asosiy masalalari hisoblanadi.
Yüklə 16,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin