9- mashq.Gaplarni tinch ohang bilan o‘qing, chegarasini aniqlang. Ibn Sino haqidagi gaplarni ko‘chiring. Qadim zamonda bir g‘or bo‘lgan ekan g‘orda dunyoning turli bilimlari yashiringan ekan g‘orning og‘zi bir yilda bir marta ochilib, yana bekilarkan
ilmga tashna odamlar g‘or ochilishi bilan kirib ulgurganlaricha bilim olib chiqishar ekan buni eshitgan Ibn Sino g‘orga kelibdi g‘or ochilishi bilan ichkariga kiribdi u bilan kirganlar g‘or yopilmay chiqib ketishibdi Ibn Sino g‘orda bir yil qolibdi va jamiki ilmlarni egallab olibdi.
16- mashq. O‘qing. Gaplarning oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgilarining qo‘yilish sababini tushuntiring. 1. Biz barcha fanlarni qunt bilan o‘rganmoqdamiz.
2. Siz qanday badiiy adabiyotlarni o‘qiyapsiz?
3. Gulla, yashna, hur O‘zbekiston!
4. Bepoyon Vatanimiz qanday go‘zal!
Oxiriga undov belgisi qo‘yilgan gaplarni ko‘chiring va
his-hayajon bilan qayta o‘qing.
O‘yin – topshiriqlardan namunalar:
‘‘Egizaklar’’ o‘yini. O‘quvchilarga so‘zlar tarkibida qo‘sh undoshlar kelishi izohlangach, ularni egizakka o‘xshatish mumkinmi, degan munozara o‘tkaziladi. Bolalar uchun bu qiziqarli o‘yin bo‘la oladi. Agar bir xil (mm, ll, ss) undosh bo‘lsa, Hasan-Husan, ikki xil undosh qo‘sh kelsa (nt, st) Hasan- Zuhra kabi obrazli o‘xshatishlar aytilsa, o‘quvchilar darrov shunday so‘zlarni izlashadi, o‘yin qiziqarli bo‘ladi.