Boshlangʻich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. Oripov Toshpo’lat Bo’riyevich



Yüklə 6,86 Kb.
tarix16.09.2023
ölçüsü6,86 Kb.
#144422
Boshlangʻich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatlarini -fayllar.org


Boshlangʻich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish

BOSHLANGʻICH SINF O’QUVCHILARINING INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH.

Oripov Toshpo’lat Bo’riyevich

Navoiy shahar 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Omonova Dilnoza Abdurashitovna

Navoiy shahar 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Telefon raqami: 94 3750997

Annotatsiya. Boshlang’ich sinf o’quvchisining tafakkuri o’ziga xosdir: bu esa unda turli tafakkur shakllariga oid qobiliyatlar hali rivojlanmaganligi bilan ifodalanadi. Tabiiyki, bu o’qitishda ma’lum qiyinchiliklar yaratadi. Kichik yoshli bolalar tilga olingan mantiqiy tafakkur jarayonini egallaydilar. Bu ona tili, matematika kabi maktab o’quv fanlarini o’rganishda ravshan ko’rinib turadi.

Kalit so’zlar. Prinsp,muvaffaqiyat,imkoniyat,ijtimoiy-psixologik,jamoalashuv, Integratsion, topshiriqlar, didaktik.

Ma'lumki, keyingi o’n yil ichida ta'limni isloh qilishda, milliy mustaqillik prinsplari va xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma'naviy axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat tashkilotlari mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlari jadal suratlar bilan olib borildi. Shu amaliy ishlarning boshlanishi sifatida Davlatimiz tomonidan yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantirishning quyidagi maqsadlari belgilab olindi: - yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantirish va uni muhofaza qilishdan iboratdir; - ilm-fan va davlat hokimiyati hamjihatligidagi say-harakati, shuningdyek ta'lim tizimini modyernizatsiya qilish, intellektual zahiralarni muhofaza qilish va rivojlantirish: - intellektual imkoniyatni rivojlantirish ishlarini tartibga solish; - yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantiruvchi psixologikpedagogik tashkiliy uslubiy asoslarini yaratish. Bugungi kunda olib borilayotgan intellektual imkoniyatni rivojlantirishga oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat oldidagi talablardan kelib chiqib, o’quvchilarning umumta'lim maktablaridagi tahsili davomida intellektual imkoniyatni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik tyexnologiyalarni qo’llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni talab qiladi. Har bir o’quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning intellektual imkoniyatini rivojlantirish maqsadidda ta'lim-tarbiya jarayoniga biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo’llash murakkab jarayondir. Lekin bu davr talabidir. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga yo’naltirilgan tarbiya tizimi o’qituvchidan yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda tarbiya uslubiyotlariga alohida munosabat bilan yondoshishni, uslubiyotni hamda mavjud holatni to’liq o’rganishni, jarayonga ijodiy muhitni olib kirishni taqozo etadi. Bunga asosiy sabab: - intellektual ijodiy ishlar jarayonida to’liq muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlik tahdidining mavjudligi; - boshlang’ich sinf o’quvchisi to’qnashadigan va ba'zan ko’p yillar davomida muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kurashadigan hayotiy holatlardan biri – bu fikrining o’ylaganidyek ro’yobga chiqmasligini anglash; - boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pincha o’zining dunyoqarashi, tasavvurining qanday darajada kengligidan kelib chiqib, fikrlaydi hamda bu fikrlashni mavjudlikning ijobiy, yoki salbiy holatlari bilan bog’lab tahlil qila olmasligidir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual imkoniyatini rivojlantirish jarayonini shakllantirishda quyidagi holatlar e'tiborga olinishi kyerak: 1) Intellektual imkoniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni maksimal darajada tyexnokratik bo’lishi kyerak. Buning uchun esa psixologik hamda pedagogik tyexnologiyalarni amaliyotga joriy etish kyerak; 2) Intellektual imkoniyatni shakllantirishni ta'lim-tarbiya jarayoniga singdirilishi ko’zda tutilayotgan tegishli tyexnologiyalarni ilmiy asoslash va ishlab chiqish lozim; 3) Intellektual imkoniyatni shakllantiruvchi tarbiya jarayonining dastlabki holatda ijtimoiy-psixologik muhitni aniq tahlil qilish hamda taktik jarayonni mukammal ishlab chiqish kyerak. Boshlang’ich sinf o’quvchisi shaxsining shakllanish jarayoniga – jamiyatda qabul qilingan axloq normalari, hulq normalari, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarni singdirish tyexnologiyalarini yaratish ko’pgina jihatdan yakuniy natijani ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini tarbiyalash va ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, qiziqarli misol, topshiriq va masalalarni tanlashga alohida e’tibor berish zarur. Darsga doir tanlanadigan misol, topshiriq va masalalar aniq bir sistemani tashkil qilishligi, o‘ziga xos tanlash usuliga va o‘qitishning aniq bir maqsadiga qaratilishi zarur. Topshiriqlar sistemasini ishlab chiqish murakkab ishdir. Hozircha metodik adabiyotlarda har bir mavzuga oid topshiriqlar tanlashning ilmiy asoslangan umumiy kriteriyasi, miqdor va sifat jihatdan shakllantirilmagan, ularning mantiqiy taqsimlanish ketma-ketligi ham to‘liq ilmiy va metodik jihatdan ishlab chiqilmagan. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ayrim mavzuga, bobga doir masalalar tanlash ishiga alohida ahamiyat berishi zarur. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tanlangan topshiriqlar sistemasi ma’lum metodik talablarni qanoatlantirishi kerak: 1. Har bir tanlangan topshiriqlar sistemasining aniq didaktik maqsadini aniqlash. 2. Ketma-ketlilik tamoyiliga rioya qilish (bunda topshiriqlarining osondan murakkabga qarab yo‘naltirilishi nazarda tutiladi).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
  1. Aliyeva M ning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matеmatik tafakkurini shakllantirish” magistrlik dissertatsiyasi. Toshkеnt 2011-yil


  2. Mamеdov K “Maktabgacha yoshidagi bolalar va o’quvchilarning aqliy rivojlanish xususiyatlariya” Toshkеnt .2004 -yil.


  3. www.ziyouz.com




http://fayllar.org
Yüklə 6,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin