Boshlang’ich sinf o’quvchilarining san’at asarlarini mustaqil tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish samarqand viloyati Bulung‘ur tumani



Yüklə 26,62 Kb.
səhifə1/2
tarix15.12.2023
ölçüsü26,62 Kb.
#180648
  1   2
Allamuradova Nargiza


BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING SAN’AT ASARLARINI MUSTAQIL TAHLIL QILISH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
20-maktabning Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Allamuradova Nargiza
Annotatsiya: ART texnologiya – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining san’at turlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini shakllantirish asosi. Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining san’at asarlarini mustaqil tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirishda e’tibor berilishi kerak bo’lgan vaziyatlar haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: san’at, rassomchilik, ART, texnologiya, musiqa.
Hozirgi zamon insoniyatning rivojlanish jarayonida texnika va texnolorgiyalarning taraqqiy etib borayotganligi shaxsning estetik didi, ongi va madaniyatini talab darajasida shakllantirishni taqozo etadi. Chunki texnika va texnologiyalarning rivojlanishi shaxs ongida texnokratik fikrlash, ya’ni go‘zallik hissining susayishi va aksincha reallikning ustuvor bo‘lishi tarkib topadi. Shu sababli pedagog mutaxassislar keyingi yillarda ART texnologiya vositasida ta’lim oluvchilarning ongini shakllantirish va ularning kreativ fikrlash ko‘nikmasini tarkib toptirishga alohida e’tibor berishmoqda. Mazkur masala bo‘yicha ham mamlakatimizda maxsus pedagogik fanlar ta’sis etilib, ulardan birini “ART texnologiya va kreativlik” o‘quv fani tashkil qiladi. Mazkur o‘quv fani vositasida oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
ART texnologiya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining san’at turlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishning muhim asoslaridan biri sifatida amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu masala quyidagilar bilan belgilanadi:

  1. ART texnologiya vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini amalga oshirish;

  2. ART texnologiya vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining san’at bo‘yicha ko‘nikmalarini tarkib toptirish;

  3. ART texnologiya vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy yondashuvini rivojlantirish.

Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kompyuter kabi o‘quv-texnik vositalardan keng foydalanmoqda. Ayniqsa, kompyuter vositasida juda ko‘p yangi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Shu sababli ularda texnokratik fikrlashning tarkib topishini susaytirishda ART texnologiyaning ahamiyati muhim. Chunki ART texnologiya so‘z san’ati vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini, musiqa san’ati vositasida ularning estetik tuyg‘ularini va tavsiriy san’at vositasida esa ularning estetik didini kutilgan darajada shakllantirish imkoniyatiga ega. Bu borada ayniqsa, o‘quvchilarning kitobxonlik, musiqa tanlay olish va tasviriy san’at namunalarini tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki kitobxonlik ART texnologiyasining so‘z san’ati negizini tashkil etadi, musiqa tanlay olish ko‘nikmasi esa musiqa san’atining muhim asosidir va tasviriy san’at namunalari esa mazkur san’atning tarbiyaviy ahamiyachtini belgilaydi. Shu sababli texnologik rivojlanish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ART texnologiya asoslari vositasida tarbiyalash muhim amaliy ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanish jarayonida bo‘lganligi aynan ART kabi texnologiyalar vositasida tarbiyalash kutilgan samarani beradi. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z va uning ma’nolaridan zavqlanish, musiqaning estetik ta’siridan ruhlanish hamda tasviriy san’at namunalaridan estetik ruh olishi tarbiyaviy jarayonning muhim komponentlarini tashkil qiladi. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha mutaxassislar o‘quvchilarning nihoyatda keng ma’lumotlar olamida yashayotganligi va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilayotganligi muammosi qiziqtirmoqda. Axborot olamida turli-tuman ma’lumotlarning mavjud bo‘lishi ART texnologiya kabi tarbiya vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo etadi. Chunki bunday texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘rinsiz asabiylik, tushkunlik, o‘ziga ishonchsizlik kabi illatlardan himoya qiladi. Aksincha, ularning fazilatlarini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi.
San’at keng ma’noli tushunchadir. Zero, san’at inson mehnati, aql - idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan narsalardir. San’at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san’at asarida shaxsning o’ziga xos iste’dodi namoyon bo’ladi. Va nihoyat, san’at insonning mahorati bilan chambarchas bog’liqdir. San’at, keng ma’noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste’mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini ham qamrab oladi. San’at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. O’zbekiston hududida, Ispaniya, Sahroi Kabir va boshqa bir qator qadimiy o’lkalarda uchraydigan qoyalarga o’yib tushirilgan hayvonlarning tasvirlari hozirgi davr nuqtai nazaridan ham nafosatli qiymatga ega. Bu yodgorliklar badiiy faoliyat kurtaklari endigina ko’rinib kelayotgan inson nafosatli faoliyatining natijalari edi.
San’at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtijlarni qondirib kelgan. San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rango - rang munosabatlari bilan aloqador bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o’ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida amal qiladi. San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo’lib, o’ziga xos qonuniyatlari vazifalariga ko’ra u alohida jamiyat birligini ifodalaydi. San’at jamiyatning barcha tomonlariga ta’sir o’tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi, hayotning turli jabhalarida odamlar faoliyat olib borishlarini rag’batlantiradi.
San’at bilan ijtimoiy hayotni bog’lab turadigan juda ko’p vositachi xalqalar mavjud. har qanday badiiy hodisa - muayyan asar, uslubiy yo’nalish bo’lsin, ular vujudga kelishi va rivojlanishida diniy, aхloqiy amallarning ta’sir kuchi darajasi bilan belgilanadilar, baholanadilar, o’lchanadilar.
San’at taraqqiyotining nisbiy mustaqilligi shu bilan izohlanadiki, jamiyat badiiy ravnaqining darajasi hamma vaqt ham uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos kelavermaydi. San’atning taraqqiyoti yoki tanazzuli, uning u yoki bu turi, ko’rinishining yorqin ifoda topishi aniq ijtimoiy munosabatlar tabiatiga, muayyan guruhiy kuchlar nisbatiga, mafkuraviy hayot xususiyatlariga, jamiyatda shaxs egallab turgan maqomiga, albatta, bog’liqdir. Masalan, qadimgi dunyo san’atining ravnaqi bir qator shart - sharoitlar va omillarning bir - biriga mos kelishi va o’ta qulay vaziyatning vujudga kelishi orqasida qaror topdi. San’atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilishi vorisiylik qonuniyatining namoyon bo’lishi bilan ham bog’liq. Vorisiylik faqat san’atga xos bulgan hodisa emas. U ijtimoiy ongning hamma shakllariga taalluqlidir. Vorisiylik jamiyat moddiy asosi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy va huquqiy ong sohalarida ko’proq namoyon bo’ladi.
Vorisiylik ma’naviy hayotning hayotning barcha jabhalarida mavjud. Ammo, hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi iqtisodiy zamindan ancha yiroq bo’lgan san’atda vorisiylik yorqin, to’la, har tomonlama tarzda namoyon bo’ladi. San’atning hamma qirralari - mavzu yo’nalishi, g’oyaviy - ruhiy qoida va ohanglari, ijodiy aqidalari, uslubi, tur va shakllarining ifodali vositalari vorisiylikdan ayniqsa bo’rtib ko’rinadi.
Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida bo’lganidek, san’atda ham bilish va mafkura bir - biri bilan chirmashib, o’zaro bog’lanib ketgan. Turli tarixiy bosqichlarda va san’atning turli ko’rinishlarida bilish va mafkura o’zaro mutanosiblikda amal qiladi. San’atning bilish jarayonidagi burch - vazifasi badiiy adabiyot vositasida yaqqol ko’zga tashlanadi. San’at bilishning alohida turi sifatida mushohada etilganda, odatda, badiiy adabiyot asarlariga suyaniladi. Musiqaning bilish - anglash imkoniyatlari badiiy adabiyotga nisbatan biroz cheklanganligi ma’lum, lekin voqelikni alohida noziklik, sezgirlik, samimiylik ruhida in’ikos etishda musiqaning ahamiyati katta, u odamlarning ruhiy holatini, ichki dunyosini, kechinmalarini, his tuyg’ularini betakror nozik ohang - kuylarda ifodalaydi. Huddi shunga o’hshash burch - vazifani me’morchilik ham bajaradi. Odamlar ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq san’at turi bo’lgan me’morchilikda davr xususiyatlari va belgilari, odamlar maishiy hayoti, did - farosatlari, umid - orzulari aks etadi.
San’at o’z mavzui doirasida bo’lsa ham fan singari beqiyos bilish - anglash imkoniyatlariga ega. Lekin san’atning badiiy bilish - anglash jarayoni o’ziga xususiyatlar doirasida sodir bo’ladi. San’at voqelikni badiiy vositalar orqali yanada to’la qonli, jozibali anglashga yordam beradi.
San’at uchun esa inson o’zining biologik, ruhiy, ijtimoiy - guruhiy, milliy - ajdodiy va sof yakka holdagi barcha belgi va xususiyatlari jihatidan o’zaro bog’lanib, chirmashib ketgan yaxlit, yagona, nodir, qaytarilmas shaxs qiyofasida bosh mavzu bo’lib xizmat qiladi. San’at voqelikning barcha jozibali boyliklarini, ko’rkamligini qamrab olishga qodir. Mazkur voqelik esa ijtimoiy shaxs bo’lib etishgan insonning tub ehtiyoj va manfaatlari in’ikosi sifatida ifodalashi lozim.
Fan va texnika inson hayotida qanday ulkan ahamiyat kasb etishidan qat’iy nazar, san’atda ustivor ahamiyatli maqomga ega bo’lishi mumkin emas. San’atda fan odamlar uchun yaratiladigan insoniy faoliyat timsoli bo’lib xizmat qiladi. Mabodo ilmiy - texnik, ekologik, boshqaruv muammolari, his - tuyg’ulari, ma’nodan mahrum etilsa, u erda san’at bo’lmaydi. San’at hissiyotlar, tuyg’ular bilan tirik, u hissiy ta’sir etish, ibrat ko’rsatish, tarbiya berish qudratiga egadir.
San’atda inson hamma vaqt ham bevosita ifodalanmaydi. Masalan, san’atning manzara tasviri yoki natyurmort turida inson qiyofasi ifodalanmaydi. Bu hol inson mazkur san’at asarlarida aks etmaydi, degan emas. Manzara tasviri inson his - tuyg’ularining eng nozik va eng jozibali qirralarini namoyon etadi. Masalan, Hrol Tansiqboev, Ne’mat Qo’ziboev, Rahim Ahmedov, Ro’zi Choriev kabi musavvirlarning manzarali tasvir asarlari orqali insonda yorqin mayuslik, beozor shodlik, tashvishli ehtiros, ko’tarinki ruh, hayotbahsh orzu - umidlar, ijodkorlik va yaratish his - tuyg’ulari uyg’otadi. Bu asarlarda insonda his - tuyg’ular, hilma - hil kechinmalar qo’zg’ab, inson diliga, uning ruhiga ta’sir o’tkazish bilan san’at va inson yaxlitligini, hamohangligini paydo qiladi.
Tasviriy san’atning natyurmort turi ko’proq jonsiz narsalar - mevalar, gullar, taomlar, ichimliklar tasviridan iborat bo’lib, ularda odam aksini ko’rmasakda, bu hil asarlar mavzui baribir inson, uning hayoti haqida ekanligini anglaymiz. Golland musavviri Vilem Hedaning «Somsa bilan nonushta» natyurmortida o’ta mahorat bilan chizilgan qadah, g’ijimlangan dasturhon, unga to’kilgan may tasvirlarini ko’zdan kechirar ekanmiz, nafaqat shisha sathini, dasturhon sifat ko’rinishini, ehtiyotsizlikdan to’kilgan mayni, balki inson iliq nafasini, uning qo’llari iazkur manzaraga taalluqli ekanini ochiq - oydin his etamiz. Nihoyat, bizni hozirgina sodir bo’lgan inson dramasini sezish orqali vujudga kelgan qandaydir tashvishli bir hol chulg’ab oladi.

Yüklə 26,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin