28. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi”
Tanlab bayon yozish yozma bayon sifatida ham o'tkaziladi. Tanlab bayon yozishda matn o'quvchining ko'z oldida bo'lmaydi. O'quvchi butun matn mazmunini yoritib berishda qiynaladi. Shuning uchun matn qismlarining mazmuni tugallangan bir fikrda bayon qilinadi. Tanlab bayon yozishda quyidagi ish turlarini qo'llash o'quvchilar uchun foydali va qiziqarlidir. Hajmi kattagina bo'lgan matn mazmunini aralashtirib beriladi - bu esa voqeani tushunishga va ko'proq tafsilotlarni kiritishga imkoniyat beradi. Shu usulda o'quvchilarning mantiqiy faoliyatlarining ayrim tomonlari taraqqiy ettiriladi. Bolalar material tanlash, uni chegaralash, mavzuni qisqaroq bayon qilishga o'rgatiladi, qisqaroq bayon qilishga o'rgatiladi.
Uchinchi sinf o'quvchilarining bayonlarini tekshirganda o'qituvchi barcha imlo xatolarini tuzatishi shart emas, balki diktant va boshqa nazorat ishlaridagi xatolarni ko'rsatishda qo'llangan usullardan foydalanishi ham mumkin. Uchinchi sinfda bayonlar muhokamasiga maxsus dars ajratmay, navbatdagi ona tili darsida bayon matnining mazmunini yoritishda va gaplarni tuzishda yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish ishiga 12-15 daqiqa vaqt ajratish kifoya qiladi. O'quvchilarning bayonda yo'l qo'yadigan xatolari ustidagi ishni shunday rejalashtirish kerak-ki, bu ona tili darsida navbatdagi grammatik imloviy mashqlar bilan qo'shilib ketsin. Bu jarayonda ham o’quvchi xotirasining ahamiyati katta bo’ladi.
4-SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH
Ma'lumki, uchinchi sinfda bayon o'qituvchi tomonidan tavsiya qilingan tayyor reja hamda o'qituvchi rahbarligida jamoa bo'lib tuzilgan reja asosida o'tkaziladi.
To'rtinchi sinfda esa yuqoridagi bayonning ikki turi bilan birga,
mustaqil tuzilgan reja asosidagi bayon;
qisman tasvir bo'lgan bayon;
grammatik topshiriqli bayon;
matn mazmunini qisqartirishga oid bayon va nazorat bayonlaridan foydalaniladi.
Qisman tasvir bo'lgan bayon; grammatik topshiriqli bayon va qisqartirilgan bayonlar alohida bolim qilib ajratilmaydi. Qisman tasvir bo'lgan bayon, grammatik topshiriqli bayon uchinchi bo'limga, qisqartirilgan bayon esa birinchi hamda uchinchi bo'limga kiritilgan.Tayyor reja va jamoa bo'lib tuzilgan reja asosidagi bayon ustida ish ikkinchi sinfda ham o'rganilgan. Ishning bu turi to'rtinchi sinfda matn mazmunining chuqur tahlil qilinishi va murakkabligi bilan ajralib turadi.
O'qituvchi o'quvchilarning diqqatini ko'proq asarning hamma tafsilotlarini kuzatib, matn qismlaridagi voqealarni izohlab berishga qaratadi. Masalan, «Zohid Ziyrakka nimalarni o'rgatdi?», «Nima uchun chol odamlarni yordamga chaqirdi?» kabi bir qator savollar o'quvchilarni matnni diqqat bilan eshitishga o'rgatadi. Ular matndagi tafsilotlarning hammasi bir-biriga bog'langanligiga ishonch hosil qiladilar va shunga odatlanadilar. Bayonni yozish vaqtida o'quvchilarning o'zlari matndagi kerakli ma'lumotlarni bayon qilishga harakat qiladilar.
Matnni tahlil qilishda asosli baho berishda qisman fikrlash va xulosa chiqaruvchi savollar ham qo'shiladi. Masalan, rejaning «Ari cho'pni kema qilib falokatdan qutildi» gapi asosli javob berishni talab qiladi. («Yaxshilik yerda qolmas»).
«O'rmonchi bemorni qanday davoladi?» savolini eshitgan o'quvchilar ijobiy javob beradilar («Ona ayiq»), ammo o'qituvchi javobni asosli tushuntirishni talab qiladi:
«O'rmonchi bemor oyog'idagi tikanni qanday oldi?» Matnlar tahlilining qiyinlashuviga yana bir sabab shuki, matnlarga qisman tasvirlash kiritilgan,
Biz qisman tasvirlash mavjud matnlarni tahlil qilishda o'quvchilar diqqatini tasvirning bosh mazmunni bayon qilishdagi o'rniga qaratmog'imiz kerak. «Uvol» matniga. (138-bet) ongli baho berishda o'quvchilar Anvarjonning ko'rinishini tasvirlash o'rnini tushuntira olishlari kerak.
Bayon ustida ishlashda grammatik topshiriqli bayon yozishga o'rgatish muhim ishlardan biri hisoblanadi.Bayonning bu turi to'rtinchi sinfda o'tkaziladi. Bunday bayonni yozdirishdan avval o'qish darslarida o'quvchilarning o'qigan ayrim hikoyalaridagi shaxsni o'zgartirib qayta hikoyalash yuzasidan mashqlar o'tkazilgan bo'lishi kerak. O'quvchilar shaxsni o'zgartirib hikoyalash haqida ko'nikma hosil qilganlaridan so'ng bunday turdagi bayonni o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Bayonning bu turi o'quvchida hikoyadagi gaplarni qayta tuzishni talab qiladi.
Chunki hikoya I shaxs nomidan berilgan bo'lsa, uni III shaxs nomidan, III shaxs nomidan berilgan bo'lsa, I shaxs nomidan hikoya qilish va bunda ega, kesimlarni shaxs va sonda moslashtirish lozim. Ayrim hollarda I shaxs nomidan berilgan hikoyalarni III shaxs (birlik) nomidan bayon qilishda shaxsni aniq ko'rsatish uchun unga birorta ism tanlashga to'g'ri keladi. Chunonchi, to'plamdagi
«Ozod elning o'g'liman» (144-bet) matni «Men 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tug'ildim» (I shaxs birlik) degan jumla bilan boshlanadi. O'quvchidan hikoyani III shaxs nomidan bayon qilish talab qilinadi.
To'rtinchi sinfda bayon ustida ishlash asta-sekin murakkablashib boradi. Bu murakkablik shundan iboratki, o'quvchilarning o'zlariga reja tuzish o'rgatiladi. Hatto o'quvchilar o'zlari mustaqil tuzgan reja asosida bayon yozadilar. Bunda o'qituvchining vazifasi - o'quvchilarni matnni qismlarga bo'lib o'qishga o'rgatishdan iboratdir. To'plamda reja ustida jamoa bo'lib ishlash uchun matn berilgan. Bu ish uchinchi sinfda olib borilgan metodik usullar va yo'llar bilan amalga oshiriladi. Bular so'z bilan tasvirlash, matnni qismlarga bo'lish (o'qituvchi bergan sarlavha asosida), o'quvchilar daftarlaridagi matnni qismga bo'lish, tanlab hikoya qilish yoki qayta tanlab hikoya qilish asosida qismga ajratishdan iboratdir. To'rtinchi sinfda bayon rejasini jamoa bo'lib tuzish, asosan, o'quvchilarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan. Birinchi yarim yil oxiriga borib o'quvchilar
o'zlari mustaqil reja tuzishlari va matnning keng mazmunini bayon qila olishlari ko'zda tutilgan. «Sinfdoshlar», «Aql» matnlari shunga oiddir. (122, 124-betlar) Reja tuzishga o'rgatish jarayonida jamoa bo'lib reja bandlarining o'rnini almashtirish mashqlari ham alohida o'rin tutishi mumkin.Bunday mashqlarning ajralib turadigan tomoni shuki, reja asosida avval ishtirok etuvchi shaxslar harakati yoki hodisa tasvirlanadi, keyin avval bo'lib o'tgan hodisalar yoki bayon qilingan hodisadan birmuncha avval bo'lgan hodisa, ya'ni tadrijiy ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda tasvirlanadi.
To'rtinchi sinfda ta'limiy bayon yozish vaqtida imlo lug'atidan foydalanishga o'rgatish ham alohida ahamiyatga ega.Ammo bunda o'quvchilar lug'atga doimo tayanib ishlashga o'rganib qolmasliklari kerak. Shuningdek, o'quvchilarning faolligini yanada oshirishda imlo tahlilidan foydalanish yaxshi natija beradi.Matnni o'qib, tahlil qilib bo'lgandan keyin, o'qituvchi o'quvchidan matndan o'rganilgan imloga doir so'zni aniqlashi va uning yozilishini tushuntirib berishini so'rashi lozim.To'rtinchi sinfda bayon tahliliga alohida soat ajratish ko'zda tutiladi. Dars shunday rejalashtirilishi lozimki, har bir o'quvchi o'zi yo'l qo'ygan uslubiy yoki imloviy xatolarini tushunsin. O'quvchilarning xatolarini tahlil qilish jarayoni to'rtta asosiy ish turlaridan tashkil topadi:
O'qituvchining tekshirish natijalari haqidagi tushuntirishi.
Yozma ishlardagi xatolarni jamoa bo'lib muhokama qilish va to'g'rilash yo'llari.
O'quvchilarning mustaqil ishlari.
Ishga yakun yasash.
Bu ish turlari dars davomida o'rni almashtirilgan holda amalga oshirilsa ham bo'ladi. Har bir dars bosqichida ishni shunday tashkil qilish kerakki, butun sinf diqqati ishning bir turiga qaratilmog'i va shu ish chcgarasida barcha topshiriq va xatolar ustida ish olib borilmog'i lozim. Bu darslar, ayniqsa, o'quvchilar bayonga mustaqil reja tuzib yozganlarida muhim hisoblanadi.
O'qituvchi ishlarni tekshirish vaqtida reja sifatiga e'tibor beradi va uni alohida baholaydi, hamda tahlil o'tkazish uchun xatolarni turlarga ajratadi.
Eng ko'p uchraydigan umumiy xatolar - matn qismlari chegaralanishining noto'g'ri bo'lishi; matn juda ko'p qismlarga ajratib yuborilishi, tanlangan sarlavhaning qism mazmuniga mos kelmasligidir.
O'quvchi darsda bajarmoqchi bo'lgan topshiriqni o'qituvchi bilan maslahatlashib yozadi. O'quvchi gap tuzishda yo'l qo'ygan kamchiliklarini ham mustaqil tarzda to'g'rilaydi. Agar xatolar bir qator o'quvchilarda aynan o'xshash bo'lsa, u holda alohida mashqlar o'tkazish lozim. Masalan:
-Yozuv taxtasida berilgan so'zlardan gap tuzing.
-Savol o'rniga tushirib qoldirilgan so'zni yozing.
-Yozuv taxtasida berilgan chizmani to'ldiring. Bu jarayonda ham o’quvchi xotirasining ahamiyati katta bo’ladi.
O'quvchiga juda ko'p miqdordagi uslubiy xatolarni mustaqil to'g'rilash tavsiya etilmaydi. O'quvchilarning yozma nutqlaridagi kamchiliklarini hisobga olish jarayonida o'qituvchi til darslarida o'rganiladigan dastur materiallarini ham o'rganishga erishadi.
2.2 Ona tili darslarida lug’at ishi va uning bayon yosishdagi ahamiyati.
Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida „Ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy - estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir”, deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o'rganish, mashq
matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug'aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi.
Ona tili o'qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o'rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til — aloqa vositasi, chunki so'zlovchi fikr- mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro'yobga chiqqan fikrni anglaydi.
Ona tili fani o'quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro'yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish, tilning grammatik qonun- qoidalarini, ta'riftni o'zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya'ni fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug'at ustida ishlashga alohida e'tibor qaratish lozim.
Lug'at ishida so'zning ma'nosi, talafifuzi va imlosi e'tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlashdir. Buning uchun o'qituvchi ona tili darslarida qo'llangan har bir so'zning va ta'limiy jarayonlarda: ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so'zlarning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.
Tilning lug'at boyligini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so'zlar va ularning ma'nolari quyidagicha tanishtiriladi: