Katta bola- kap-katta bola. Yashil qir- yam-yashil qir. Oq ko’ylak- oppoq ko’ylak. Tiniq suv- tip-tiniq suv.’’ Topshiriq muhokama qilingandan so’ng o’quvchilar juft so’zlarning nutq ta’sirchanligini oshiruvchi vosita ekanligi haqida xulosaga keladilar. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutq haqida kengroq tushuncha beruvchi dastlabki ma’lumotlarni ham 2-singf ona tili darsligi hamda 3-4-sinf ona tili darsliklaridagi ’’Takrorlash’’ bo’limiga kiritilgan ’’NUTQ.MATN’’, ’’NUTQ. GAP. SO’Z’’ mavzularidan oladilar. Shu paytgacha o’y-xayollaridagi fikrlarni yuzaga chiqarishda foydalanayotgan vositasi nutq, shu fikrning qog’ozga tushirilishi, ya’ni nutqning yozma shakli matn deyilishini bilib oladilar; ’’Nutq-gaplar orqali bildirilgan fikrdir. Nutq gaplardan, gaplar esa so’zlardan tuziladi’’, ’’Matn-nutqning yozma shakli. Matn- mazmun jihatdan bog’langan gaplardir. Matn gaplardan tuziladi.’’ 3-sinf ona tili darsligi.
Umuman olganda, boshlang`ich sinflar uchun alohida izohli va imlo lug`atlarini tuzib chiqish, lug`atlar ustida olib boriladigan ishlarning tartibga solinishi o`quv jarayonlarining sifatini oshiradi, o`quvchilar uchun o`rganilishi kerak bo`lgan bilimlarni egallash birmuncha osonlashadi. Bundan tashqari, kelajak avlodning nutq madaniyatini yuksaltiriladi, milliy tilimizning sehri va jozibasini to`la his etgan insonlar bo`lib yetishishi ta`minlanadi.