Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya


"Yuzlik" ichida masalalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 251,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.09.2023
ölçüsü251,2 Kb.
#144091
1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINFDA MATEMATIKA O\'QITISH METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA METODLARI2

"Yuzlik" ichida masalalar ustida ishlash metodikasi
1. Murakab masalalar bilan birinchi tanishuv.
Murakkab masalalarning ba'zi xillarini yechish. O'quvchilar sodda 
masalalar shartini analiz qilish va shu asosda amal tanlash malakasini 
egallab olganlaridan keyin murakkab masalalarni yechishga o'tish 
mumkin. 
Analiz va sintez, bir tomondan, bilish jarayonlari bo'lib, barcha aqliy 
faoliyat turlari pirovard natijada ularga keltiriladi. Mana shu jihatdan 
ular psixologiyaning o'rganish obyektlaridir. Bu tadqiqotlarning asosiy 
natijalari didaktikada ishlab chiqilgan o'qitish tamoyillari va usullari 
asosida yotadi. 
Ikkinchi tomondan, analiz va sintez fanda yangi bilimlarni hosil 
qilishning mantiqiy yo'llaridir. O'rta maktab o'quvchilarining bu yo'llarni 
egallashlari o'quv materialini faol o'zlashtirish, mantiqiy,! ijodiy 
fikrlashni rivojlantirishning zaruriy sharti ekanligi ravshandir. 
O'quvchilarni analiz va sintezga o'rgatish vazifasi ko'p darajada 
boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitishda hal etilishi lozim. 
Matematikada analiz deyilganda asosan isbotlanayotgan da'vodan 
rostligi ilgari isbotlangan yoki isbotsiz qabul qilingan da'volarga olib 
keladigan fikrlash tushuniladi. Analiz isbotning tuzilishiga emas, balki 
faqat uning g'oyasiga olib keladi. 



Sintez, bu topilgan isbotlash g'oyasi asosida rost da'volar shartida 
berilgan ma'lumotlardan qanday qilib isbotlanayotgan da'vo hosil 
bo'lishini ko'rsatuvchi fikrlashdir.
Boshlang'ich sinflarda analiz va sintezdan bilim bo'lagi sifatida 
foydalanish sohasi arifmetik xossalar, tenglamalar va isbotlashi talab 
etiladigan jumlalar to'plamidan iboratdir. 
Masala shartini analiz qilish malakasini tarkib toptirishning bir qator 
imkoniyatlari mavjud. Shulardan misollar keltiramiz, mustaqil bajaring: 
1. O'quvchilar bir tup pomidordan 2 kg, ikkinchisidan birinchisiga 
qaraganda 1kg ortiq pomidor terishdi. O'quvchilar ikkinchi tupdan 
qancha pomidor terishgan? 
2. O'quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan esa birinchisiga 
qaraganda 1 kg kam pomidor terishdi. O'quvchilar ikkinchi tupdan 
qancha pomidor terishgan? 
3. O'quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchi tupdan 1 kg pomidor 
terishdi. O'quvchilar ikkala tupdan qancha pomidor terishgan? 
4. O'quvchilar bir tupdan 2kg, ikkinchisidan 1kg pomidor terishdi. 
O'quvchilar birinchi tupdan ikkinchisiga qaraganda necha kg pomidor 
ortiq terishgan? 
O'qituvchi o'quvchilarga bir qator shunday masalalarni berib, 
ulardan qo'shish (ayirish) amali bilan yechiladigan masalalarni 
ko'rsatishni talab qiladi. Masala shartining tola analizini bolalarda 
shakllantirish kerak, bunda shunday vaziyat topish kerakki, masala 
savoliga e'tibor berish shart bo`lsin. Misollar keltiramiz:



1. Olimning qancha puli bo`lgan? Uning o'zida 50 so'm bo'lgan va 
unga onasi yana 20 so'm bergan. 
2. a) Bahromda 3 ta olma, Valida 5 ta olma bor. Ularning buvisida 
qancha olma bor? b) Hovlida 4 ta o'g'il bola o'ynayotgan edi, ularga yana 
3 ta qiz kelib qo'shildi. Hovlida nechta qiz bola o'ynay boshladi? 
Birinchi masalada bolalar uchun nima berilganini va nimani topish 
kerakligini aniqlash qiyin, chunki masalaning berilganlari bilan savoli 
o'rin almashib qolgan. Keyingi ikkita masala hazil masaladir. Bunda 
bolalaning butun e'tibori masala savoliga qaratilishi kerak. 
Murakkab masalalarni qarashga o'tishda birinchi qadamdan 
boshlaboq bolalar o'z oldilariga
qo'yilgan masalaning yangiligi nimadan 
iborat ekanini “payqash" imkonini berish kerak. 
Murakkab masalalar bilan tanishtirishni aynan qaysi xil masaladan 
boshlashga nisbatan ikki xil nuqtai nazar mavjud. Birinchi nuqtai 
nazarga ko'ra, ishni sonni bir necha birlik kamaytirishga doir va 
yig'indini topishga doir sodda masalalarni o'z ichiga olgan murakkab 
masalalardan boshlash ma'qul. Masalan: "Qo'g'irchoq teatriga bir 
maktabdan 6 ta o'g'il bola, ulardan 2 ta kam qiz bola keldi. Qo'g'irchoq 
teatriga qancha bola kelgan? Ikkinchi nuqtai nazarga ko'ra, ishni yig'indi 
va qoldiqni topishga oid sodda masalalarni o'z ichiga olgan murakkab 
masalalardan boshlash kerak. ,, Birinchi sinf (shuningdek, ikkinchi, 
uchunchi sinf) darsligida sonni bir necha biriik orttirish
 
(kamaytirish)ga 
doir sodda masalalarni olgan murakkab masalalar ko'plab berilgan. 
Masalan: "Naima 23 ta yong'oq, Qumri undan 6 ta ortiq, Ozoda esa 


10 
Qumridan 9 ta kam yong'oq topdi. Ozoda nechta yong'oq topgan?" 
Masala shartini qisqacha bunday yozish mumkin: 
N. - 23 ta yong'oq. Q. - ?, N. dan 6 ta ortiq. O. - ?, Q. Dan 9 ta kam. 
Yechilishi: 
(23+6) - 9 = 29 - 9 = 20 (yong'oq). 
Javob: 
20 ta yong'oq. 
Qaralayotgan mavzuda qo'shish va ayirish amallari xossalarini 
qo'llanishiga doir masalalar katta o'rin oladi. 

Yüklə 251,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin