‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/18
tarix01.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#170282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslar

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy g‘oyalar va uslubiy tavsiyalar tufayli boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishga doir mustaqil ishlarni tashkil etishga munosabat o‘zgaradi, muammo bo‘yicha metodologik va uslubiy bilimlar boyitiladi, boshlang‘ich ta’lim samaradorligi ortadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantirishga, xususan, lug‘at boyligini, bog‘lanishli nutqining ta’sirchanligi va emotsionalligini oshirishga oid texnologiyalarni takomillashtirishga, shuningdek, boshlang‘ich sinflarning ona tili dasturi va darsliklari mazmunini boyitishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, asosiy matn 100 betni tashkil etadi.


I.BOB. O’QISH VA ONA TILI DARSLARIDA MUSTAKIL ISHLAR VOSITASIDA O’QUVCHILAR LUG’ATINI BOYITISH METODIKASI
1.1. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni so‘z ma’nolari bilan tanishtirish usullari
So‘z - tilning asosiy birligi bo‘lib, u orqali tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar nomlanadi. “So‘z,- deyiladi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da,- o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan, shuningdek, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng muhim til birligidir”. Boshlang‘ich sinflarda so‘zning fikr ifodasida nutqda tutgan o‘rnidan, gapda turli ma’no va vazifalarda qo‘llanishidan kelib chiqqan holda so‘z ma’nolarini tushuntirish usullari tanlanadi. O‘qituvchi o‘qish darslariga faol nutqqa kiritiladigan, ma’nosi tushuntiriladigan so‘zlarning ma’nosini o‘quvchilar bilan birga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan topib, so‘ng ayrim so‘zlarning ma’nosini izohlashni uyga vazifa qilib bersa, jamoa bo‘lib ma’noni izohlashga rag‘bat uyg‘otsa, mustaqil faoliyatga o‘rgatish oson kechadi. “Amaliy fazilatlar, odatlar ikki turli yo‘l bilan hosil qilinadi: birinchi yo‘l – qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, kasbga-intilish harakatga aylantiriladi” - deb yozgan edi Forobiy.
Tadqiqot mavzusi yuzasidan olib borilgan tajriba-sinov davrida so‘z ma’nosini tushuntirishda quyidagi usullardan foydalanish ijobiy samara berishi kuzatildi.
1. So‘z ifodalagan narsa, belgi, harakatni ko‘rsatish.
2. Predmet va uning belgisi-harakati ifodalangan rasmni ko‘rsatish orqali ularni og‘zaki va yozma tavsiflash, tasvirlash.
3. So‘zni tarkibiy qismlarga ajratib tahlil qilish.
4. Sinonimlar tanlash.
5. Badiiy matnlar asosida so‘z ma’nolarini tushuntirish.
6. Antonimlar yordamida so‘z ma’nosini izohlash.
7. shakli bir xil so‘zlar ma’nosini so‘z birikmasi tarkibida izohlash.
So‘z ma’nolarini tushuntirish usullari o‘quvchilarning bilim darajasiga, izohlanadigan so‘zning xususiyatiga qarab tanlanadi. Lug‘at ishi so‘z birikmasi, gap, ya’ni grammatik qurshov asosida tashkil etilsa, o‘quvchilar so‘zning ma’nosini oson o‘zlashtirib oladilar. Yangi o‘rganilgan so‘z, so‘z birikmasi tarkibida qanchalik ko‘p qo‘llansa, o‘quvchilar uni shunchalik esda saqlab qoladilar, nutqda qo‘llashga qiynalmaydilar.
O‘qituvchi ta’limning dastlabki kunlaridanoq o‘qilgan matn, gap tarkibida ma’nosi o‘quvchilarga tushunarsiz so‘zni topishga doir topshiriqlar berishi, izohlash usullaridan namunalar ko‘rsatishi, izlanishlari uchun adabiyotlar tavsiya qilishi lozim.
So‘zga sinonim tanlash orqali so‘z ma’nosini izohlash quyidagicha topshiriqlar asosida tashkil qilinadi:
1) matndan sinonimlarni topib, ma’nosidagi farqni izohlash;
2) berilgan so‘zga sinonim topib, ma’nosidagi farqni aytish;
3) sinonimlarni qatnashtirib kichik matn yaratish;
4) sinonimlar guruhini tuzish.
5) berilgan sinonimlar guruhidan (katta, gigant, buyuk, ulug‘) mavzuga doirini tanlaSH.
1-sinfda savol-javob usulida tasvirlash, tavsiflashga o‘rgatish orqali qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ustida ishlanadi. O‘quvchilarga so‘roq gap orqali gap namunasi beriladi. Masalan, Olma achchiq bo‘ladimi yoki shirin bo‘ladimi? Yoz issiqmi yoki sovuq?
3-4-sinflarda antonimlar ishtirokida gaplar tuzdirish yordamida o‘quvchilar nafaqat so‘z ma’nosini o‘zlashtiradi, balki uning qo‘llanish doirasini, qaysi so‘zlar bilan bog‘lana olishini va qaysi so‘zlar bilan bog‘lana olmasligini ham bilib oladi.
O‘quvchi maktabga kelgan birinchi kunlaridan ma’nosi tushunarsiz so‘zlarga duch keladi. Masalan: ”Alifbe” darsligidagi “omil, manbai, kamolot, murod, asil, to‘kinlik, masal, himmatli, himmat, idrok, iqbol, to‘kinlik, jasorat, jumboq, bo‘tam, mash’al, sabot, davron” so‘zlarining ma’nosini o‘qituvchi izohlarisiz birinchi sinf o‘quvchilarining anglamoqlari mushkul. SHuning uchun so‘z ma’nosi ustida ishlash savod o‘rgatish davridan boshlanadi. Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchi bilimlarni tayyor holda o‘zlashtiruvchiga aylanib qolmasligi, dars davomida qo‘llangan so‘zlarning ma’nosini bilish-bilmasligini o‘ylab ko‘rish, so‘z ma’nosiga e’tibor berish ko‘nikmasini shakllantirish fikrni to‘liq ifoda etish uchun zamin yaratadi. Bu davrda so‘zlarning ma’nosi bilan tanishtirish suhbat va tushuntirish orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchi suhbat jarayonida ma’nosi tushunarsiz so‘zni so‘z birikmasi va gap ichida qo‘llab, rasmlar yoki narsa–predmetlarni namoyish qilish, turli xatti-harakatlar, o‘yinlar vositasida so‘zning ma’nodoshini keltirish orqali izohlaydi.
Ba’zan o‘quvchi matndagi bir so‘zning ma’nosinigina emas, balki ba’zi so‘z birikmasining (nurli iqbol; issiq quchog‘ing; kelajaging buyukdir; kanda qilmaydi; ilm cho‘qqisin; jur’at ila, toqat bilan ado qilar; porloq kelajak), gapning (Do‘st bilan obod uying. Qor yog‘di – don yog‘di. Vatan – mening onamsan. Har so‘zida olam ma’no. O‘qib topaman kamol.), hatto yaxlit bir jumlaning ham ma’nosini tushunmay qolishi mumkin.
1-2- sinflarda yod oldirish usuli ham o‘quvchilar lug‘atini boyitadi. O‘quvchilarga ona tili va o‘qish darsliklaridagi she’r, topishmoq, maqol, tez aytish, qo‘shiqlarni yod oldirish, nasriy asarlardan parchalar yodlatish mumkin. Ona tili darslarida ulardan yoddan yozuv diktanti olinsa, o‘qish darslarida ifodali yod ayttirish usuli qo‘llanadi.
Leksik-frazeologik test topshiriqlari, krossvordlar, shuningdek, topishmoq va maqol matnlari ustida ishlash ham o‘quvchilar lug‘atini boyitiSHda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin