‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari


Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z ustida ishlashga doir mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari mazmuni



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/18
tarix01.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#170282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslar

2.2. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z ustida ishlashga doir mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari mazmuni
Uzluksiz ta’lim tizimida insonparvarlik yetakchi tamoyillardan bo‘lib, SHaxsning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi. Ma’naviy kamolot darajasi esa o‘quvchilarning yangi bilimlarni mustaqil egallaSHi va o‘quv amaliyotida foydalaniSHi bilan o‘lchanadi. SHu jarayonda olib boriladigan mustaqil iSHlar differensial yondaSHuvni taqozo etadi hamda nafaqat o‘quv predmetiga doir bilim, ko‘nikmalarni hosil qiladi, balki o‘quvchilarning ijodiy faolligini ham ta’minlaydi. Mustaqil iSHlar SHunday o‘quv-biluv faoliyatiki, o‘quvchining o‘zi fikrlaydi, aqliy va amaliy maSHqlarni bajaradi, hodisalar orasidagi bog‘liqlikni o‘zi aniqlaydi.
BoSHlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantiriSHga doir mustaqil iSHlarni taSHkil etiSHda:
a) o‘quvchilarning mustaqil iSHlaSH malakalarining SHakllanganlik darajasini aniqlaSH; b) mustaqil iSHlaSH ko‘nikmalarini SHakllantiruvchi maSHqlar sistemasini aniqlaSH; v) o‘quvchilarning aqliy rivojlaniSHi bilan bog‘liq mustaqilligi darajasini belgilaSH; g) mavjud bilimlarini o‘quv jarayoni va amaliy faoliyatda qo‘llay oliSH qobiliyatini o‘rganiSH ko‘zda tutiladi.
Metodika ilmining eng so‘nggi yutuqlari o‘quv jarayonida qo‘llanadigan mustaqil iSHlar xarakter-xususiyatiga ko‘ra quyidagicha tasniflaSH mumkinligini ko‘rsatdi: didaktik maqsadiga ko‘ra mustaqil iSHlar; o‘quv faoliyatining xarakteriga ko‘ra mustaqil iSHlar; mazmuniga ko‘ra mustaqil iSHlar; SHakliga ko‘ra mustaqil iSHlar.
Mustaqil iSHlarni maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiSH mumkin: o‘rgatiSHga, mustahkamlaSHga, takrorlaSHga, rivojlantiriSHga hamda ijodiy va nazorat qiliSHga yo‘naltirigan mustaqil iSHlar.
Mustaqil iSHlarni to‘g‘ri taSHkil qiliSH o‘quvchilarning fanga oid bilimlarni ongli va mustahkam egallaSHni; mustaqil bilim oliSH usullarini o‘zlaSHtiriSHni ta’minlaydi, individuallikni talab etadi hamda maSHg‘ulotlarning majburiy va ijodiy tarzda uyuSHtiriliSHi bilan xarakterlanadi.
O‘quvchilarga mustaqil iSHlar mazmuni va SHakli hamda ularni bajariSH usullari, vositalari yuzasidan maslahat berib boriSH topSHiriqlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajariliSHini ta’minlaydi.
Mustaqil iSHlarning hajmini to‘g‘ri belgilaSH, metodik jihatdan to‘g‘ri taSHkil qiliSH, topSHiriqni bajariSH jarayoniga kerak bo‘ladigan metodik materiallar bilan ta’minlaSH hamda yakuniy natijani nazorat qiliSH va rag‘batlantirib boriSH ta’lim samaradorligiga eriSHiSHning muhim omillaridandir.
Tadqiqotimiz yuzasidan olib borgan izlaniSHlar jarayonida ko‘pchilik o‘quvchilarda o‘quv faoliyati komponentlarining juda sekin SHakllaniSHi kuzatildi. O‘quvchilar berilgan topSHiriqlarni maktabda o‘qituvchining, uyda ota-onalari va kattalarning ko‘magisiz bajariSHda qiynaladilar.
O‘qituvchi o‘quvchilardan uyda vazifalarni bajariSHdagi SHart-SHaroitlarni, topSHiriqlarni mustaqil bajargan-bajarmaganliklarini so‘rab turiSHi kerak. Ba’zan o‘quvchilar oldin yozma maSHqni bajarib, so‘ng unga taalluqli grammatik qoidani o‘qiydi, aslida grammatik qoidani qaytarib, eslab, fikrlab uni yozma maSHq SHartini bajariSHga tatbiq etiSHi, topSHiriqni to‘g‘ri bajargan-bajarmaganini, imloviy jihatini tekSHirib ko‘riSHi lozim. O‘qiSHda esa oldin asar matni bilan taniSHgach, lug‘at ustida iSHlaSHi, qayta hikoyalaSHi, so‘ng savollarga matndan javob izlaSHi va uni so‘zlab beriSHga tayyorlaniSHi ko‘zlangan natijaga eriSHiSH imkonini beradi. Uy vazifasida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘zlariga aniqlatiSH ayrim kamchiliklarini mustaqil barataraf etiSHlariga yordam beradi.
O‘quvchilar 1-sinfdan mustaqil iSHlaSH usullariga, tartibiga o‘rgatib borilsa, 4-sinfga qadar topSHiriqlarni bajariSH izchilligini egallab oladi.
O‘quvchilarda mustaqil iSHlaSH ko‘nikmasi o‘z-o‘zidan SHakllanmaydi, mustaqil faoliyat oiladagi tarbiya va maktab ta’limi jarayonida SHakllanadi. O‘quvchilarda o‘quv-biluv faoliyatida barqarorlikni tarbiyalaSH qiyin kechadi. Barqaror mustaqil faoliyatni tarbiyalaSH uchun, avvalo, o‘quvchida o‘z kuchiga iSHonch va qiziqiSHni uyg‘otiSH, doimiy qo‘llab-quvvatlaSH talab etiladi. Vazifalarni mustaqil bajariSH o‘quvchida zo‘riqiSHni kuchaytiradi. Bunday paytda “Chiroyli yozsang, sening bajargan iSHing yaxSHi chiqadi. Yanada ko‘proq o‘ylasang, topSHiriqlarni bajara olasan” kabi gaplar bilan rag‘batlantirib turilsa, o‘quvchi topSHiriqlarni to‘g‘ri bajarayotganini o‘zi bilsa, vazifani bajariSHga qiziqiSHi kuchayadi. Unga, avvalo, vazifani qanday bajariSH kerakligini o‘ylab ko‘riSH, so‘ng yozma bajariSH lozimligi eslatib turilsa, vazifalarni bajariSH tartibiga asta-sekin o‘rganib boradi. O‘quvchini boSHqa narsalarga chalg‘itmasdan fikrini aniq iSHlaSHga yo‘naltiriSH muhim tarbiyaviy-ta’limiy ahamiyatga ega. Maktabgacha yoSHda mehnatga o‘rgatilgan, o‘ziga-o‘zi xizmat qilgan bola keyinchalik o‘quv topSHiriqlarini mustaqil bajariSH ko‘nikmasini tezroq egallaydi. Bola yoSHlikdan mehnatga, tartib-intizomga, mustaqillikka o‘rgatilsa, maktabga borganda, o‘quv jarayoniga vijdonan yondaSHadi, darslarga mustaqil tayyorlanadi, muvaffaqiyatli o‘qiydi, har qanday topSHiriqni bajariSHda o‘zida javobgarlikni his qiladi. Bunday iSHlarni qilmagan o‘quvchi jismoniy tarbiya darslarida yechinib-kiyiniSHda ham qiynaladi. Uyda o‘ynamaslik, kattalardan so‘ramasdan biror iSH qilmaslik talab qilinsa va SHunga ko‘niktirilsa, u bola uyatchan bo‘lib qoladi, o‘ziga iSHonchi yo‘qoladi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil iSHlaSH ko‘nikmalarining SHakllaniSH darajasini aniqlaSH maqsadida 3 topSHiriqdan iborat diagnostik mustaqil iSHlar rejalaSHtirildi. Har bir mustaqil topSHiriq 3 xil murakkablik darajasida bo‘ldi:
1-takrorlovchi, o‘xSHaSH (namuna asosidagi).
2-konstruktiv-variativ.
3-qisman izlanuvchanlik.
2-sinf o‘quvchilarining har bir darajani bajariSHlariga 1 ball qo‘yildi. So‘zlarning grammatik SHakli o‘zgariSHi bilan ma’nosi ham o‘zgariSHi va SHu so‘zlarning ma’nosini aniqlab, o‘z so‘ziga aylantira oliSH ko‘nikmasini anglaSHlari aniqlandi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin