Mazkur standartning maqsadi-xo'jalik yurituvchi sub'ektni auditdan o'tkazish davomida yuzaga keladigan, auditdagi muhimlilik darajasini baholash masalalari bo'yicha auditorlik tashkilotining harakatlarini belgilash hisoblanadi
xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Auditorlik riski va muhimlik darajasini aniqlash tartibi St- 91 Abdumominov Asomiddin
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 3 sentyabrda 813-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan
9-son Auditorlik milliy standartning maqsadi va vazifalari:
Mazkur standartning maqsadi-xo'jalik yurituvchi sub'ektni auditdan o'tkazish davomida yuzaga keladigan, auditdagi muhimlilik darajasini baholash masalalari bo'yicha auditorlik tashkilotining harakatlarini belgilash hisoblanadi.
Standartning vazifalari :
1. Auditda muhimlilik darajasi tushunchasini aniqlash va uni hisoblash tartibi.
2. Auditda risk tushunchasini va uning asosiy tarkibiy qismlarini aniqlash.
3. Auditorlik tashkilotlari ushbu tushunchalarni auditni amalga oshirish davomida foydalanib,rioya qilishlari shart bo'lgan yagona talablarni shakllantirish.
Auditda xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan holatlar muhim holatlar deb tan olinadi.
Barcha muhim munosabatlarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi deganda, moliyaviy hisobot ko'rsatkichlari aniqligining shunday bir darajasi tushuniladiki, bunda ushbu hisobotdan malakali foydalanuvchi bu asosida to'g'ri xulosalar chiqarishga va to'g'ri qarorlar qabul qilishga qodir bo'ladi. Axborotning muhimliligi auditorlik tekshiruvi yakunlari bo'yicha auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan, moliyaviy hisobotning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzilishlar bo'lishi mumkinligini e'tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo'lmasada, unda muhim buzilishlar mavjud bo'lishi mumkinligini e'tirof etish ehtimolligidir.