3. Moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni aniqlamaslik riski.
Ajralmas risk
Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xarakterga ega bo'lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta'sir ko'rsatadi.
Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi.
Ajralmas riskni baholashda auditor o'tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
3. Nisbatan barqaror haqiqiy ma'lumotlardan iborat bo'lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo'lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.
4. Texnologik yutuqlar zaxiralarning sezilarli oshishiga sabab bo'lib, har qanday muayyan mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin.
5. Inqiroz holatidagi tarmoqda bo'lgan va biznesda ko'pgina muvaffaqiyatsizliklarga uchragan hamda yetarli darajadagi oborot kapitali ega bo'lmagan mijozning kompaniya rahbariyati moliyaviy hisobotni buzib ko'rsatishga moyilligi bo'ladi.