MAVZU: LMS TIZIMLARINING ASOSIY FUNKSIYALARI 2 TOPSHIRIQ 1-MMT-22 guruh talabasi BEKMUHAMEDOVA MUHLISA
MASOFAVIY TA’LIM
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi.
Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning management systems)dan foydalaniladi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Forum — sayt orqali muloqot olib borish shakli. Forumda suhbatlar foydalanuvchi yoki administrator tomonidan kiritilgan mavzu asosida olib boriladi.
Chat — axborot almashish vaqtda real olib boriladigan
internetdagi muloqot.
Administrator — tizimda ishlash va uni boshqarish keng huquqlarga ega bo‘lgan mutaxassis – xodim.
MASOFAVIY O‘QISH
ma’lum standartlar, ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘qituvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Masofaviy o‘qish — zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi:
maxsus axborot muhiti yordamida o‘z o‘quv materiallarini o‘quvchiga taqdim etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini masofadan turib kuzatib borish imkoniyatini beradi.
TA’LIM BOSHQARUV TIZIMLARI
Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS — learning management systems) — bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.