Serverga asoslangan LMSlar tashkilot yoki ta’lim muassasasining serveriga o‘rnatiladi. Bu esa foydalanuvchilarga tizimga korporativ login va parol yordamida kirish imkonini beradi.
CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar bilan ishlovchi plaginlar xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi.
WIX JOOMLA DRUPAL LEARNDASH (WORDPRESS)
Schoology (https://www.schoology.com/) — ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bulutli LMS. Schoology Google Drive, Microsoft OneDrive, Blackboard Collaborate, Moodle, PowerSchool, Evernote va YouTube bilan birlasha oladi. O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan o‘quv materiallari va topshiriqlar yuzasidan fikr almashish hamda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uyushgan holda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Schoology
LMS INTERFEYSI
iSpring Learn (https://www.ispringsolutions.com) platformasida ko’plab ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Platformaning ma’ruza muharriri bo‘limi yordamida modul va uning materiallari (matnli, audio, video, taqdimot, simulyator, topshiriq, test va b.) kiritiladi. Hisobotlar bo‘limi yordamida foydalanuvchilar faoliyati hamda o‘zlashtirish natijalari tahlili va statistikasini yuritish mumkin.
iSpring learn
LMS INTERFEYSI
Google Classroom (https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun
mo‘ljallangan platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish, kerakli o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim etish, o‘quvchilarga topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Google Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi mumkin.