System — elektron tizim. LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi.
Management — boshqaruv. Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi)
boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.
Learning — o‘qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.
O‘qish xarajatlarini kamaytirish Moslashuvchanligi Zamon bilan hamnafasligi Ta’lim olishning tengligi Bilimlarni baholashning obyektivligi Foydalanishning erkinligi Tajriba almashish
LMSNING KAMCHILIKLARI
O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o‘quv jarayonini nazorat qilish va o‘quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
LMSni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi.
O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta’limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.
O‘quv kontentlari bilan ishlash: kurs yaratuvchi o‘qituvchilar tomonidan elektron o‘quv materiallari (matnli, audio, video va boshqalar)ni yaratish va kiritish, elektron materiallarni import eksport qilish, elektron kutubxona tashkil etish, mualliflik dasturlari yordamida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklash.
O‘quv jarayonini boshqarish: tizim foydalanuvchilari (kurs yaratuvchi o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqalar)ni ro‘yxatdan o‘tkazish, sinflar yaratish va o‘quvchilarni sinflarga biriktirish, o‘quvchilar uchun mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish.