KIMNI QO‘SHNI DEYMIZ? Bobo: – O‘g‘lim, qo‘shnimiz Farida xolanikiga chiqib, uy ishlariga yordamlashdingmi? Temur: – Bobojon, ko‘cha boshidagi Abdullohning buvisini aytyapsizmi? Uylari uzoqda-ku, ularni ham qo‘shni deymizmi? Bobo: – O‘g‘lim, uyimizning oldi tarafidagi qirq hovli, orqa tarafidagi qirq hovli, chap tarafidagi qirq hovli, o‘ng tarafidagi qirq hovlining hammasi bizga qo‘shni hisoblanadi. Temur:– Voybo‘o‘… Bobo: – Unutma, hozir ham, katta bo‘lganingda ham mahalladoshlaring bilan ahil bo‘l. Ularga yaxshilik qilishdan qochma! Temur: – Albatta shunday qilaman! Kamola Sodiq qizi Hikoya birinchi o‘qituvchi tomonidan o‘qib beriladi va o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
1 Kimlarni qo‘shni deymiz?
2 Temurning bobosi aytgan fikrga qo‘shilasizmi?
Nima uchun?
3 Mahalladoshlar bilan ahil bo‘lish uchun nima
qilish kerak?
4 Mahallangizdagi odamlarga qanday yaxshilik
qilishingiz mumkin?
Keyin hikoya o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi, so‘ngra keying topshiriqda aytilganidek: Partadoshingiz bilan biringiz bobo, biringiz bola bo‘lib dialogni qayta o‘qing. So‘zlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz qiling.3 O‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
Usul va metodlar o‘quv jarayoni sifatini hal qilib beradi. O‘quvchining ongli va kuchli o‘zlashtirishida, faollikning rivojlanishiga ham ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. O‘qituvchining metod va usullarni to‘g‘ri tanlay olishi darsda o‘tiladigan mavzuga bog‘liqdir. Yangi mavzu bayoni uchun bir metod qo‘llansa, uni mustahkamlash, umumlashtirish uchun yana bir metod qo‘llaniladi. darsni samarali o‘tkazish uchun o‘tiladigan metodlar puxta o‘ylanishni talab qiladi.
,,Darhaqiqat, oʻquvchi maʼnaviyatiga, axloqiga taʼsir qilish, komil inson qilib tarbiyalash uchun badiiy adabiyotni oʻqib berishning, oʻrgatishning oʻzi kamlik qiladi. Bu yoʻlda shaxsiy namuna, oʻrganganlarini amaliyotda qoʻllay olish ham katta ahamiyat kasb etadiʼʼ4.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon o‘qituvchidan ijodkorlikni, erkin fikrlilikni, yangi texnologiyalar asosida ish olib borishlikni talab qiladi. unda pedagogik tajribaning yuqori bo‘lishi, muloqot madaniyati, nutq madaniyatining shakllangan bo‘lishi, o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatining mavjudligi, bilim, ko‘nikma va malakaning namoyon bo‘lishi, uning pedagogik mahoratga ega ekanligini ko‘rsatadi. Darsning samaradorligi-o‘qituvchining mahoratiga bog‘liqdir.
11 A'zam Xoliqov ,,Pedagogik mahoratʼʼ ,,Tafakkur-Boʻstoniʼʼ Toshkent-2011, 124- bet
22 Karimov I.A. Barkamol Avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori-Toshkent, Sharq nashriyoti-matbaa konserni 1997
33 2-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi 1-qism B-37 Toshkent – 2021 Tuzuvchilar: Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dullo Quronov, Shokir Tursun
44 Siddiqova Sh. ,,Yosh avlod maʼnaviy kamolotida badiiy adabiyotning oʻrniʼʼ ,,Izlanish samaralariʼʼ 2019-y. 461-bet