Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi III fanining umumiy masalalari



Yüklə 10,44 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü10,44 Kb.
#167765
2-joriy baholash


Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi III fanidan masofaviy sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 2-joriy baholash uchun topshiriq.
Dars mavzusi: Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi III fanining umumiy masalalari

Nazorat turi: Kazius. Kaziusni o‘qing va to‘g‘ri yechim toping


Dilfuza tumandagi eng ilg‘or umumta’lim maktabiga ishga tushganiga atigi ikki yil bo‘ldi. U o‘z kasbini sevar, qiziqqon va uddaburon edi. Shuning uchunmi, o‘quvchilari maktabning eng oldi faol o‘qvchilariga aylanishini xohlardi va buning uchun tinim bilmay ishlardi.
Bir kuni maktabga savodxonlikni tekshirish uchun kelgan boshqa maktab o‘qituvchisi Dilfuza rahbarlik qilayotgan 3-sinf o‘quvchilaridan ularning ijodiy fikrlash qobiliyati, yozma nutqlarini tekshirish va sinf o‘quvchilariga umumiy tavsif berish maqsadida nazorat ishi o‘tkazdi. Nazorat ishida quyidagicha savollar bor edi:

  1. Qaysi darslarni yoqtirasiz? Nima uchun?

  2. A’lochi o‘quvchilar kimlar? Nima uchun ular yaxshi o‘qiydilar?

  3. Sinfdagi past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga munosabatingiz? Ular nima uchun yomon o‘qiydilar?

  4. Darslarda Sizni nimalar zeriktiradi?

  5. O‘qituvchingizning qaysi xatti-harakatlarini olqishlaysiz?

Sinfning eng a’lochi, faol o‘quvchisi Nargiza shunday yozdi: Men maktabni juda ham yaxshi ko‘raman. Chunki bu yerda men yaxshi o‘qiyman. Fanlarni o‘zlashtirish qiyin emas, bir marta o‘qisam yoki eshitsam osongina yodimda qoladi. Ona tili, o‘qish, tarbiya darslari juda yoqadi, matematikada ozroq qiynalaman. Agar o‘qituvchim ko‘proq tushuntirsa, o‘zlashtirishi oson bo‘larmidi… Sinfda Nozim, Farrux, Gullola, Omina va Nazokatlar a’lochi o‘quvchilar bo‘lib, ular darslarni tez o‘zlashtirib oladilar. Karim, No‘mon, Sodiq, Mubina va uning o‘rtoqlari past bahoga o‘qiydi. Ular o‘z vaqtida darslarni tayyorlamaydi. Ayniqsa, Karim bilan Mubina bitta mavzuni qayta-qayta o‘qisa ham tushunmaydi. Shunda o‘qituvchi jig‘ibiyron bo‘lib: “O‘tir! Kallang yo‘q. Ishlamaydi kallang”, - haqaorat qiladi. Lekin bu ham ularga ta’sir qilmaydi. Ular ham yaxshi o‘qishga harakat qilib, darslarni qoldirmaydi, lekin o‘zlashtirishda qiynaladi.
Darsda ko‘proq Javlon, Nodir, Mubina, Noilalar ko‘p gaplashadi va darsga halaqit beradi. Hatto ular telefondan foydalanadi. Ko‘p hollarda o‘qituvchi darsni tez-tez tushuntiradi va takrorlamaydi. Ba’zan tanaffusga chiqarmaydi. Sinfdagi to‘polonchi bolalarga e’tibor bermaydi, ular darsga har doim halaqit beradi. O‘qituvchi ularga baqiradi, buni hamma eshitadi. Nima uchun?

  • Shu birgina nazorat ishi orqali sinfga va o‘qituvchiga baho berish mumkinmi? Qaysi metod orqali tahlil qilinadi deb o‘ylaysiz?

  • O‘qituvchi anglab yetmagan sinf muammolarini hal qilishda qanday strategiyalarni amaliyotga joriy qilish mumkin?

Izoh:
-Topshiriqni bajarishda pedagogik, psixologik va metodik bilimlaringiz yordam berishi kerak.
-Kaziusga to‘g‘ri yechim topishda Sizdagi tanqidiy fikrlash, kreativligingiz yaqindan yordam beradi deb o‘ylayman.
-Javobingiz aniq, lo‘nda, tushunarli bo‘lsin hamda ish hajmi 1 betdan ko‘p bo‘lmasin.
2-joriy baholash uchun belgilangan ball: 2.
Topshiriqni bajarish uchun manbalar:
1.S.Matchonov, H.Bakiyeva, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G.Xolboyeva. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. – 2021-yil.

Bajarilgan ishni Hemisga yuklash muddati: 22.10.2023. soat 23-55.




Fan o‘qituvchisi: Parpiyev O.O. (99-619-39-71)
Yüklə 10,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin