Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarga rahbarlikda o’qituvchi talablari reja: Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar 2



Yüklə 79 Kb.
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#104767
1   2   3   4
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARGA RAHBARLIKDA O’QITUVCHI TALABLARI

O’yinning tartibi va shartlari.
Boshlovchi yoki o’qituvchi guruhlardan o’yinga ishtirok qiluvchilarga o’yin davomida «Unlini o’zgartir, hosil qilingan so’z ma’nosini tushuntir», «Undoshlardan birini o’zgartir, hosil qilingan so’z ma’nosini tushuntir», «Unli harf qo’sh», «Undosh harf qo’sh» kabi ko’rsatmalar berib turadi. O’yin davomida har ikki so’z ishtirokida gap tuzish, uni ingliz tiliga (qq, qozoq, turkman) qiyoslash fonetik, lug’aviy farqlarini aniqlash kabi topshiriqlar ham didaktik tamoyil me’yorida qo’shila boradi. Ayni holat pirovard maqsad hisoblanadi.
Ayrim metodik qo’llanmalarda grammatik o’yinning ayni ko’rinishiga to’la mos keladigan «Tovushdosh so’zlar» atamasi ishlatilgan. Qo’llanma mualliflari bu atama mazmunidagi tadbirlarning maktabda fonetikani o’rgatish jarayonida tovush juftlarining ma’no farqlash vazifalari ekanligini juda to’g’ri ta’kidlab, uni o’yin-mashqlari sirasiga kiritganlar.
Fikrimizcha, fonetikani o’rgatishda o’quvchilar so’z boyligini oshirishning muhim omili hisoblanuvchi mazkur o’yin-mashqlarini noo’zbek sinflarda o’kaziladigan sinfdan tashqari ishlarda ham «Tovushdosh so’zlar» o’yini atamasi bilan kiritib, uni qisman murakkabroq mazmunda qo’llanish, shubhasiz, samarali tadbir bo’ladi. A. G’ulomov, H. Ne’matov Ona tili ta’limi mazmuni. Toshkent. «O’qituvchi» 1995 y, 58-bet. 7 O’sha shanba. 59-bet.
Tadqiqotchilar tavsiyasiga ko’ra, o’qituvchi topshirig’i bilan o’quvchilar berilgan so’zga, birinchidan, tovushdosh so’zlar tanlaydilar: ot-ol-osh; ot-it-o’t-et; aka-ada-aya; bir-pir-kir-qir; loy-moy soy-toy-boy va sh.k. Ikkinchidan, faqat unlilarni almashtirib, ularning ma’no farqlash vazifasini aniqlaydilar: u-o: bur-bor, tur-tor, qur-qor, dur-dor va sh.k.
Ayrim metodik qo’llanmalarda bunday tadbirlar majmuiga nisbatan tilsim topishmoqlar atamasi ishlatilgan. Qo’llanma muallifining ta’kidlashicha, «Tilsim topishmoqlar» nutqiy faoliyatni shakllantirish omilidir.
Darhaqiqat, muallif o’yin-topshiriqlarining keng ma’noda didaktik xarakterdagi serqirra grammatik o’yinlarning o’quvchi nutqiy salohiyatini takomillashtirish, uni izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil fikrlashga o’rgatishdagi umumdidaktik ahamiyatini ta’lim aksiomasi darajasida to’g’ri ko’rsatgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar dasturidan «She’rxonlar», «Mohir maqolchilar» bellashuvi ruknida olib boriladigan mashg’ulot bahsmushoira tarzida bo’ladi. Uning tartibi va sharti: O’yinni boshlovchi olib boruvchi yoki o’qituvchi topshirig’i bilan guruhlardan 2-3 nafardan jami 4 yoki 6 nafar o’quvchi taklif qilinadi. Ular ikki tomonda safga tizilib turadilar. Kur’a tashlash yo’li bilan birinchi bo’lgan guruhdan bir vakil alifboning biror harfi bilan ikki yoki to’rt misra she’r aytib, uning muallifi kimligini ta’kidlaydi. Unga «raqib» bo’lgan tomon vakili birinchi guruh boshlagan harf bilan ikki, to’rt misra she’rni yod o’qiydi. Belgilangan vaqtda o’sha harf bilan boshlanuvchi yoki tugovchi she’riy misra keltirolmagan tomon mag’lub hisoblanadi.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin