Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarga rahbarlikda o’qituvchi talablari reja: Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar 2



Yüklə 79 Kb.
səhifə1/4
tarix29.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#104767
  1   2   3   4
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARGA RAHBARLIKDA O’QITUVCHI TALABLARI


BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARGA RAHBARLIKDA O’QITUVCHI TALABLARI
Reja:
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar
2. Amaliy mashg’ulotlardan namunalar
3. Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlikda o’qituvchi talablari
4. Turli o’yinlar tashkil etish va ularning talablari

Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar mavzuining asosiy maqsadi, mazmuni asosan o’zbek tilidan to’g’ri talaffuz, imlo va ifodali o’qish yuzasidan o’quvchilar egallagan bilim va malakalarini takomillashtirish masalalariga qaratiladi. Ayni maqsadda quyidagi mavzularni tavsiya qilamiz:


1. «Kimning nutqi ifodali?» ruknida eng yaxshi talaffuz uchun sinflar va yaqin maktablar o’rtasida tanlovlar tashkil qilish.
2. Tanish va notanish matndan ifodali o’qish mashg’ulotlari tashkil etish. Bunday mashg’ulotlar boshlang’ich ta’limni bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan bir daqiqada 70-100 so’z tezligida o’qish kabi minimal talabni bajarishning tajribada sinalgan omillaridan biridir.
3. «Savodxonlikning siri nimada?» ruknida o’zbek-qoraqalpoq yoki o’zbek-qozoq tillarida «Unli tovushlar bahslashadi», «Undosh tovushlar bahslashadi», «Qo’shimchalar bahslashadi» kabi mavzularda muloqot, munozara kechalari o’tkazish: ota-ata; basbos: kel-bel: tosh-bosh va shu kabilar. Bu tadbirda didaktik tamoyilga amal qilish lozim: A-O: huro nimayu, xurmo nima? Yoki amir nimayu amr nima? Afzal nimayu abzal nima? me’yorida murakkablasha boradi. Bu rukn yozuv, yozma nutqqa qo’yilgan talablarni bajarishda samarador usuldir.
4. She’rxonlar bellashuvi - mushoira. Bu DTS da boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun me’yor sifatida ta’kidlangan 20-25 ta she’rni yoddan ayta bilish, 12-15 ta matnni sinfdan tashqari o’qishga da’vat qiluvchi o’yin-musobaqa xarakteridagi eng samarador omildir.
5. Mohir maqolchilar bellashuvi. Buni tanlagan, ya’ni bahs ob’ekti bo’lmish mavzu doirasidagina tashkil qilgan ma’qul:
a) «Do’stlik» mavzusi bellashudi.
I guruh vakili aytadi: Do’stinga qo’shiq ayt, mehringni qo’shib ayt.
II guruh vakili javob beradi: Do’stlik ipi uzilmasin, qonun yo’li buzilmasin…
b) «Ilm» mavzusi bellashadi.
v) «Odob» mavzusi bellashadi kabilar. Birinchi bosqichda imloviy malakalarni takomillashtirishga oid sinfdan tashqari ishlarning eng samaradori didaktik xarakterdagi grammatik o’yinlar hisoblanadi. Zero, grammatik o’yin o’quvchining til sezgirligiyu didi va nihoyat, iqtidori, ijodini namoyish qiluvchi asosiy omildir. Tajribada sinalgan, ijobiy natija berib kelayotgan, o’quvchilarni til o’rganishga qziqtiradigan didaktik xarakterdagi grammatik o’yinlar (mavzulari turlari)ga ba’zi bir namunalar:
1. O’rganilayotgan til va ona tili (o’zb-ingliz, o’zb-rus, o’zb-qozoq) alifbosi tartibida o’ngdan chapga, chapdan o’ngga bir xil o’qiladigan so’zlarga misollar (me’yori tadbir rejasi, dasturiga bog’liq) keltiring va ma’nosini sharhlang. Ularning har ikki tildagi shaklini (muqobil variantini) xattaxtada yozib ko’rsating, fonetik farqlarini tushuntiring. Misollar: aka, amma, arra…non, …tut…qochoq.
5. (5 Grammatik o’yinning mazkur turiga alifbo sirasidagi harflardan 2-3 tasi ilgaridan aniq belgilanadi. Chunki bellashuvchilar faqat o’sha harflargagina so’z topadilar, aksincha o’yin qoidasi buziladi. Ilovalarga qarang).
Mazkur o’yindan tubandagi uch maqsad nazarda tutilmoqda: o’quvchida so’zga zaruriyat hissini orttirish, o’sha so’zlarning ikki tildagi lug’aviy ma’nosini o’rgatish, nihoyat, ularning har ikki tildagi imlosini o’rgatish. Zero, o’quvchi daryo o’rtasida turib suv izlayotgan kimsadir. Daryo to’la suv-o’quvchi chanqoq. Lug’atlarimiz so’zdan to’lib toshgan; o’quvchi bisotida so’z yo’q. Ijodiy fikr mahsulotini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri ravon ifodalash uchun o’quvchiga so’z kerak. (A. Q. G’ulomov «Buxoro muallimi» 2000 yil, №23, 1-15 dekabrь).
Fikrimizcha, so’zga chanqoq o’quvchining ehtiyojini qondirishda didaktik xarakterdagi grammatik o’yin topshiriqlari eng samarador lisoniy-didaktik omildir.
2. Harf miqdoriga ko’ra: «Uchlik», «To’rtlik», «Beshlik» tarzida nomlanadigan o’yinlar. Bu o’yin o’quvchilarning so’z zaxirasini boyitadi, imloviy malakalarini mustahkamlaydi, takomillashtira boradi. O’yinning sharti va tartibi: uch, to’rt, yoki besh marta yozilgan birinchi qatordagi so’zlar ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi, beshinchi qatorlarda takrorlanmasligi lozim. Ikkinchidan, «Uchlik», «To’rtlik», «Beshlik» larni chapdan o’ngga, yuqoridan pastga o’qilganda ayni o’sha so’z kelib chiqishi shart:
1. non non non non non non
ota ona opa ost ort ola
nok nay nom nam nil nor
2. olma olma olma olma olma olma olma olma
lola lo’li lanj lama lavr lavh lupa lutf
mavj maza makr mashq mavr madh mana maosh
adib ajib azob amal amin alif alam alla
3. bodom bodom bodom bodom bodom bodom bodom
ovoza ovqat ozg’in olmosh ozuqa osmon olqish
davra dalil darg’a devon do’kon devon daroz
oshpaz oshxo’r oshko’k oqshom ochqich ochko’z oftob
mavzu madad mayna makka masal muqim muhim
-Bu o’yin ijrosidan nimaga erishdik?
-Keltirilganlarning birinchisidan 7 yoki 17, ikkinchisidan 13 yoki 26, uchinchisidan 20 ta, jami 40 ta yoki 69 ta so’zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi grammatik o’yin vositasida osongina o’rgatiladi. Agar bunga ikkinchi guruhniki ham qo’shilsa, yuzdan ortiq so’zning ma’nosiyu imlosi va talaffuziga doir mashq bajarilgan bo’ladi. Xuddi shunday, bu o’yin topshirig’iga ishtirokchilarning ona tili materiallariga ham qiyoslashi, aniqrog’i, muqobil variantlaridan birini tanlab oddiy tarjima qilishlari ham talab qilinsa, o’qituvchi beqiyos muvoffaqiyatga erishgan hisoblanishi tabiiy, albatta. Shuningdek, DTS da belgilangan 700 so’zning faol o’zlashtirilishiga katta ulush qo’shildi, umumiy o’rta ta’limda leksika yuzasidan o’zlashtiriladigan 1400 yangi so’zga lisoniy baza yaratildi.
3. «Unli tovushlar bahslashadi», «Undoshlar bahslashadi» ruknlarida harf almashtirish, harflardan birining o’rnini o’zgartirish, harflardan birini tushirish, harf orttirish kabi grammatik o’yinlar ikkinchi tilni o’rganuvchilarning so’z boyligini orttirishga qaratilgan samarali didaktik tadbirlardan biri hisoblanadi: toy, tosh, tol, tok, tor…temir, ko’mir, parcha, archa…barra, arra, malla, alla, patir, atir; asta, xasta, dasta va sh.k.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin