Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarga rahbarlikda o’qituvchi talablari reja: Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar 2


Namunalar: «Mushoira» yoki «Bahri bayt» o’yinida birinchi guruh vakili -G’uncha



Yüklə 79 Kb.
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#104767
1   2   3   4
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARGA RAHBARLIKDA O’QITUVCHI TALABLARI

Namunalar: «Mushoira» yoki «Bahri bayt» o’yinida birinchi guruh vakili -G’uncha o’qiydi:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko’p ertak eshitardim,
So’zlab berardi buvim.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir.
Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o’quvchilarning bir-biriga bo’lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O’quvchi o’qituvchiga taqlid asosida yoki do’stlari orasida o’rgangan tarbiyasi muomalasiga ta’sir qilish mumkin. O’qituvchi o’quvchilar orasida muomala-madaniyatni shakllantirish uchun avvalambor o’quvchining o’ziga bo’lgan muomalasini etiborini o’rganishi kerak.
O’quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o’qituvchi talabiga ham javob berishi lozim. O’qituvchi talablariga:
-Darslarga to’liq qatnashish.
-O’quv qurollari bilan ta’minlanganligi.
-O’qituvchini diqqat bilan eshitish.
-Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish.
-Tashkiliy ishlarga faol qatnashish.
-Sinf intizomiga rioya qilish.
-Tozalikka rioya qilish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o’quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda o’quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo’ladi, bu esa ularni mehnatdagi tashqi faollikni yo’qqa chiqaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o’quvchilarning xatti-harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solib qo’yilganligi xususida e’tirozlar bildirilmoqda.
Mustaqillikni tarbiyalash vazifasi qo’yilmagan, bolaning har bir qadami pedagogning irodasiga bo’ysungan joylarida ana shunday holat mavjuddir. Xudi shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan o’qituvchi, sinf rahbari o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish vositalarini puxta o’ylab tanlaydilar, ularning ishlashi uchun oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Maktab o’quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilish kerakki, u o’quvchilarni charchatib qo’ymasin, doim bir xil tusda bo’lmasin, yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-g’ayratini sarflashni talab qilmaydigan bo’lmasin.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishda tarbiyachi eng muhim vazifa o’quvchilarni o’quv vazifalarini hal etishga o’rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to’g’ri tanlashdan, o’z xatti-harakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko’nikmalarini boshqa muhim hayotiy vaziyatlarga o’tkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va o’z-o’zini nazorat qilish kabi to’rt tarkibiy qismi kirishini hisobga olish muhimdir.
Mazkur jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan o’qituvchining muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Buning uchun o’quvchi faoliyati natijalarini hisobga olishni va bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur. O’qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos bo’lgan shakllarni istisno etib, nazorat qilishning bir qancha usullarini qo’llashi mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o’quvchilarga homaki yozuv bilan ishlash xuquqi beriladi. Unda qoida ko’rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar keltiriladi, o’quv vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa bo’ladi, lekin u o’quvchining fikrlashi qanday borganligini ko’rsatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni ayrim ko’nikmalarga o’rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. O’z-o’zini tekshirish, o’zaro tekshirish usullariga o’rgatish o’qituvchining o’quvchilar bilan shunday aloqasini talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo’ladi. O’quvchilarning o’zlari harakatni taklif etadilar vash u bilan pedagogga muayan ma’lumot beradilar. Sinf rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir.
Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to’la ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, faollarni tarbiyalash, o’quv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va ko’paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo’llanma hisoblanadi.
4. O’rta umumta’lim maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar xayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishag zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar ni rejalashtirish va amalga oshirish.
O’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar, tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar o’quvchilar, tashkilotchilar sinf faollariga yordam ko’rsatish. Umummaktab va maktablararo tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, umumiy va ma’muriy.
Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’ladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni
tahlil qilish;
2. Tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni hamda shakl usullarini aniqlash.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni guruhlashtirish boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Shular asosida yangi bilimlarni hosil qiladi.
A. Jo’raevning «Tarbiyaviy darslarni o’tish» risolasida mustaqillik g’oyasi bilan bog’langan tarbiyaviy tadbirlardan qoidalarga asoslangan qonunlar belgilangan. Ijodkor rahbar hamda ilg’or o’qituvchi tarbiyachilar o’z faoliyatlar ijarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni asos qilib oladilar:
-tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish;
-ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat ekanligi;
-tarbiya jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lab bola qalbiga va ongiga ta’sir ko’rsatish;
-tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar jamoasi jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash;
-tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o’stirish;
-bola shaxsiga xurmat va talabchanlik;
-bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish;
-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkoniyatlarga ega bo’lib, uni qay darajada olib borish sinf rahbari va tarbiyachining pedagogik mohiyatiga bog’liq.

Xulosa
O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy bo’ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarini o’rganadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z ishini reja asosida olib boradi va uning bajarilishini ham nazorat qilib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchi ota-onalar qo’mitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak.
Ish reja maktab direktorii tomonidan tasdiqlangan. Ish rejasida boalalrning yosh xususiyatlariga maktabning joylashgan shart-sharoitiga, ijodiy birlashmalariga ilmiy markazlar bilan o’zaro tarqalgan aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati o’z ifodasini topgan xujjatlar ro’yxati xalq ta’limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda berib boriladi.



Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin