Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Bank iqtisodiyotning eng muhim bo’g’ini hisoblanadi. Bank orqali davlat aholiga ko’pgina xizmatlar ko’rsatadi. Bugungi kunda banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta minlashʼ bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga uchramaslikning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tatbiq qilish, mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini qo‘llash, turli kredit institutlarini tashkil etish bilan bog‘liq islohotlarni yanada jadallashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Hozirda davlatimizning maqsadi bo‘lib, talabalarda tijorat banklari tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, banklarning likvidliligi, to‘lovga qobilligi, moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Davlatning maqsadi va vazifasi talabalarni bank tizimida mustaqil faoliyat yuritishga tayyorlash va hozirgi sharoitda mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini vujudga keltirishdan iboratdir.