3.O’ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARI TASHKIL TOPISHI VA FAOLIYATI Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasiga asosan “Bank” – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan, ya’ni:
- yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilinganmablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
- to‘lovlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Demak, bankbarcha riskni o‘z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mablag‘larni muddatida qaytarib berish, to‘lov va ta’minlash shartlari asosida o‘z nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi.
Ba’zi adabiyotlarda «bank–bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki «korxona» emas, balki «maxsus korxona» deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi «2015-yilda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarorida, aynan, nobank tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Bunda nobank tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mikrokreditlash va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hajmlarini kengaytirish, nobank tashkilotlari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari tarmog‘ini kengaytirish, nobank tashkilotlarida hisob yuritilishini, ular faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish usullarini yanada takomillashtirish, axborot-aloqa texnologiyalarini joriy etish, nobank tashkilotlari xodimlarining malakalarini oshirish, mikromoliyalash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish shular jumlasidandir.
2015-yilda mikrokredit tashkilotlarining asosiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, jami aktivlari qoldig‘i 2014-yildagiga nisbatan 30,2 foizga oshib, 2016-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 67,5 mlrd. so‘mga, kapitali 25,3 foizga oshib, 46,7 mlrd. so‘mga va ajratilgan kredit va ko‘rsatilgan lizing xizmatlari qoldig‘i 24,2 foizga oshib, 54,4 mlrd. so‘mga etdi.
Shuningdek, 2016-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, lombardlarning jami aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,0 foizga oshib, 41,5 mlrd. so‘mni, kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 44,7 foizga oshib, 34,6 mlrd. so‘mni va jami kapitali hajmi 29,6 foizga oshib, 35 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Nobank kredit tashkilotlari tarmog‘i va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan mikromoliyalash xizmatlari ko‘lamining kengayib borayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, aholini kreditlash hajmlarining oshib borishiga xizmat qilmoqda.
Jahon bankining ma’ruzasida O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Ana shu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga etgani yoki 1,8 barobar oshgani alohida ta’kidlandi. 4
XULOSA Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Markaziy banki mamlakat banklarining banki hisoblanib, milliy valyutaning barqarorligiga, kredit muassasalarining moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat yuritishiga mas’ul bolgan davlatning moliyaviy tashkiloti hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimiz Markaziy bankining tashkil etilishi, uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit muassasalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan bogliq vazifalari doimiy ravishda takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro bank andozalariga otib bormoqda.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 33 ta tijorat banklarining bajarayotgan operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega.
O‘z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo‘g‘indir. Shunga ko‘ra, bank ishi faoliyatida ish yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo‘yiladi. Hozirgi kundagi banklar oldingi banklardan ko‘ra, ilg‘or, yangi shakllarda va yangi texnologiyalar asosida iqtisodiyotning talablariga mos keluvchi operatsiyalar qo‘llash orqali faoliyat olib bormoqdalar.