Mavzuning dolzarbligi va zarurati


Tadqiqotning ob’ekti sifatida



Yüklə 35,95 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü35,95 Kb.
#178183
1   2   3   4   5
mustaqil ish

Tadqiqotning ob’ekti sifatida O’zbekiston markaziy banki va tijorat banklari tanlab olindi.


  1. O'ZBEKISTON BANK TIZIMINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo'gindan tashkil topadi. Bank tizimi - bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul-kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlaming deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bolib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakllanishiga qarab o'ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi.


O'zbekistonda ham bank tizimi ikki pog'onadan iborat bo’lib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki pog'onali bank tizimida banklar emission bank (Markaziy bank) va emission bo’lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
O'zbekistonda ikki pog'onali bank tizimining shakllanishi 1987-1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to'g'ri keladi. O'sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o'zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan banklami tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida mustaqillikgacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilami keltirish mumkin:
  • ikki pog'onali bank tizimini tashkil etish;


  • bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va banklami qayta qurish natijasida ulaming mulkchilik shaklida, xizmat ko'rsatishida, kredit va hisob-kitob;


  • davlatning ixtisoslashgan banklarini xo'jalik hisobi va o'zini o'zi moliyalashtirishga o'tkazish;


  • hisob-kitob xo'jalik yurituvchi subyektlarga yangi bank xizmatlarini taklif etish, zamonaviy shakllarini va kredit munosabatlarini amaliyotga joriy etish masalalari shular jumlasidandir.



Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va banklami qayta qurish natijasida ulaming mulkchilik shaklida, xizmat ko'rsatishida, kredit va hisob-kitob munosabatlarida ayrim o'zgarishlar sodir boldi. Lekin, bank tizimida printsipial ahamiyatga ega bolgan ijobiy o'zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki kredit resurslarini markazlashgan holda monopol taqsimlovchi muassasa sifatida o'z mavqiyeni deyarli yo'qotmadi. Natijada, sobiq ittifoq tuzumi davrida 1988 - 1989 yillarda banklami isloh qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Ushbu davrda dastlabki aksiyadorlik tijorat banklari vujudga kela boshladi. O'zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so'ng, mamlakatda xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki pog'onali bank tizimi tashkil topishi yolida qat’iy qadamlar qo'yildi. «1991 yilning o'zidayoq «Banklar va bank faoliyati to'g'risida» gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko'ra, eski Davlat bankining respublika idorasi bazasida mustaqil O'zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqiye berildi»1



O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillikning dastlabki yilarida o'z faoliyatini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun asosida amalga oshirdi. Shuni alohida takidlash joizki, etmish yildan ortiq markazdan rejalashtirish sharoitida faoliyat yuritib kelgan bank tizimining maqsadi, majburiyati, vazifalari va ishlash tartibi yangidan tashkil etilgan ikki pog'onali bank tiziminikidan tubdan farq qilar edi. Shu jihatdan ham uning bazasida tashkil etilgan bank tizimi oldida juda katta va mas’uliyatli vazifalar turar edi. Xususan, mamlakatda iqtisodiy jarayonlarni to'xtatmagan holda bozor iqtisodiyoti sharoitiga asoslangan kredit muassasalari tizimini tashkil etish, muomalaga milliy valyutani joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari bilan uzoq yillardan beri davom etib kelgan hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir. Shuning uchun ham mamlakatimiz Markaziy bankining tashkil etilishi, uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit muassasalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan bogliq vazifalari doimiy ravishda takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro bank andozalariga o’tib bormoqda.
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa hisoblanadi. 1995-yil 21-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» gi Qonuni qabul qilindi. Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to‘g‘risida»gi qonunning 1-moddasida belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega». Qonunning 3-moddasida «Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim ekanligini belgilaydi. Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash ko‘rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo‘li bilan tartibga solish, kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi hisoblanadi. Bu holat qonunning 6-moddasida «Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul qilishda mustaqildir» deb tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.

Yüklə 35,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin