Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotni ishlab chiqarishni boshqarishda, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda va ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladigan radioelektron apparaturalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Radioelektron apparaturalarni tayyorlanish texnologiyasi doimiy ravishda takomillashib bormoqda.
Radioelektron apparaturalarni takomillashuvini uning tayyorlanish texnologiyasi va printsiplarini xarakterlovchi bir necha bosqichlarga ajratish mumkin:
1) Osma montaj (asosiy elementlar: rezistorlar, kondensatorlar, induktiv g’altaklari, elektrovakuum (yarimo‘tkazgichli) asboblar.
2) Pechatli montaj (afzalliklari: REA larni gabaritlarini kichiklashishi va uning ishonchliligini ortishi)
3) Integral mikrosxemalar (afzalliklari: mukammalligi, elementlar soni va intgratsiya darajasining uzluksiz ravishda o‘sishi)
Radioelektron apparaturalarning tayyorlanish texnologiyasining har bir yangi bosqichi oldingi texnologiya asosidagi qo‘llanilgan REA larni rad etmadi va istisno qilmadi, balki uni to‘ldirgan va boyitgan holda rivojlanishning sifat jihatdan yangi darajasini ta’minladi.
Shuning uchun, har bir aniq vazifani hal qilishda elementlar bazasini va mos keladigan tayyorlanish texnologiyasini tanlashda REA ning har bir avlodining afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Birinchi bosqich REA elementlari rezistorlar, kondensatorlar, induktiv g’altaklari, elektrovakuum va yarimo‘tkazgichli elementlar hisoblanadi.
Barcha elementlar shassiga tayanch sirtlar yordamida konstruktiv tugallangan detallar ko‘rinishida maxkamlanadi, ularning chiqishlari bir-biriga tegishli o‘tkazgichlar yordamida kavsharlanadi (payka qilinadi). Keyinchalik montaj qilishning bu turi osma montaj nomini oldi.

Ikkinchi bosqichda elementlarning gabaritini kichiklashtirish va ishonchliligini oshirishga erishildi.
Pechatli montajni rivojlantirish mobaynida pechatli platalarda avvalo razistorlar katta solishtirma qarshilikli tok o‘tkazuvchi yo‘lakchalar bilan almashtirildi, kondensatorlar tok o‘tkazuvchi yo‘kchalarni kesish va kesilgan joylar tegishli dielektriklar bilan to‘ldirildi. Bunday platalar integral mikrosxemalar nomini oldi. Integral mikrosxemalarni paydo bo‘lishi radioelektronika oldida amaliy jihatdan cheksiz imkoniyatlarni ochib berdi.

Zamonaviy elektron apparatura (EA) belgilangan algoritm bo‘yicha umumiy boshqaruv bilan birlashtirilgan va ma’lumotlarni avtomatik qabul qilish, o‘zgartirish, qayta ishlash va uzatishga mo‘ljallangan murakkab texnik qurilmalar majmuasidir.

Konstruktiv nuqtai nazardan EA to‘liq birlashtirilgan va funktsinal tugallangan mexanik qismlar, aktiv va passiv radiodetallar, integral mikrosxemalarning to‘plamidir.