0‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi.
Tayanch so‘z va iboralar:STEAM, STEM, science, technology, engineering, art, math, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika, robototexnika.
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining predmeti, maqsadiva vazifalari Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanini o‘qitishdan maqsad:
talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual jihatdan tarbiyalashda turli faoliyatlari mazmunini integratsiya qilishga o‘rgatish;
STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llashning me’yoriy - uslubiy asoslarini o‘rgatish;
STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llash bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgatish;
integratsion mashg‘ulotlarni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM ta’lim texnologiyasini amaliy qo‘llash usullari haqida bilim va ma’lumotlar berish.
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim
texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash vazifalarini bajaradi.