INFORMATIKANING AXBOROTLASHGAN
JAMIYATDAGI O'RNI
VA AHAMIYATI
Reja
1 . Axborot texnologiyalari haqida tushuncha .
2. Informatikaning jamiyatdagi o’rni.
Axborot
texnologiyalarining
takomillashtirilishi
jamiyatni
axborotlashtirishda
muhim
omil
hisoblanadi.
Ma'lumki,
axborot
texnologiyalari informatika qonun-qoidalari asosida takomilashtiriladi. Shundan
kelib chiqib, ushbu bobda axborot texnologiyasi, uning rivojlanishiga ta 'sir
etuvchi omillar, jamiyatni axborotlashtirish yo 'nalishlari va axborot
texnologiyalarining xususiyatlari о 'rganiladi.
Axborot texnologiyalari haqida tushuncha
Yangi o'quv fani bo'lgan «
Axborot texnologiyalari» fanida axborotlar,
ularning xossalari, axborot
tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash,
axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o'rgatiladi. «Axborot
texnologiyasi» fani matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar
bilan bevosita bog'liq.
«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so'zi lotincha «thexnos»
— san'at, hunar, soha va «logos» — fan degan ma'noni bildiradi. Ya'ni texnologiya
— biror vazifani bajarishda uning turli xususiyatlari ko'rinishini bildiradi.
Axborot texnologiyalari axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash
usul va vositalari majmuidir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini
belgilovchi ichki va tashqi
omillar mavjud bo'lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo'lishi (yaratilishi), turlari, xossalari,
axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k..
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali
axborotlar bilan turli vazifalani amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga
harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit'a)da
yashovchi o'rtog'ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo'llar orqali amalga
oshirishlngiz mumkin. Siz o'rtog'ingizga o'z fikringizni (o'z navbatida, o'rtog'in-giz ham sizga
javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:
1) aloqa bo'limi orqali (yozma ravishda);
2) telefon tarmoqlari orqali (og'zaki);
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo'ladi
va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o'zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan
oldin uni amalga
oshirish uchun ketadigan mablag'larni chamalab ko'rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira
olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan
axborot mazmuni va mohiyatiga bog'liq.
Pirovardida, o'zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo'lmaganda arzonrog'i) va
sifati yuqori bo'lgan usulni belgilab olasiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko'rsatilgan usullar bilan
yoshligingizdanoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot, ko'nikma va
malakalariga bog'liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining
o'zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib, unga
«Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma'lum bo'lgan kompyuter, multimedia
vositalari,
kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator
yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot
tizimlarini
boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar
omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib
ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish
va kommunikatsiya
asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar
kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon
jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini
axborotsiz tasawur qilish qiyin.
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi,
firma va ishlab
chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining
samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada
avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda
ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati
bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko'radi
va pirovardida o'zida avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan
texnik
jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o'rnatilgan avtomatlashtirish
jihozlari yildan-yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.
XX asrning so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va
axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda
axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu
esa, o'z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot
texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni
taqozo etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng,
axborotlashtirish va
axborot texnologiyalaridan foydalanish yo'nalishida katta tadbirlar amalga
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com