Boshlang’ich sinflarda so’z birikmasi va gap
Adashgan gap bo`lagini top o`yiniBoshlang`ich sinflarda ega, kesim va ikkinchi darajali bo`laklar o`rganiladi Aniqlovchi, to`ldiruvchi, xol bir butun xolda umumiy nom bilan ikkinchi darajali bo`laklar atamasi bilan yuritiladi.Shu tufayli barcha gap bo`laklarini tanlab o`z o`rniga qo`yish yuzasidan bir qator grammatik o`yinlar o`tkazish mumkin. O`yin davomida o`quvchilar gap bo`laklarining vazifasini, so`roqlarini, so`zlarning bog`lanishini o`rganadi. Gap bo`laklarining odatdagi tartibini bilib boradi. O`yinni o`tkazish uchun egasi tushurilib qoldirilgan gaplar beriladi. O`quvchi egani tanlabyozishi kerak. Egasi bir necha bo`lakdagi so`zlar bilan birga beriladi. 1 maktabda a`lochi o`quvchi.( Sayyorani, Komilaga, Abdulla, Sherzodni) 2……... ona tili darsida “5” baho oldi.(o`quvchi, o`quvchini, o`quvchiga, o`quvchida) Bunday o`yin sinf o`quvchilar orasida ham, guruhlar o`rtasida ham o`tkazilishi mumkin. Adashgan kesimni top o`yini. Adashgan bo`lakni top o`yining yana bir turida adashgan bo`lak gap tarkibida qatnashadi. Ammo unda gap bo`laklarining odatdagi tartibi buzilgan holatida beriladi. O`quvchi o`rnini adashtirgan bo`lakni o`z joyiga qo`yish zarur. O`yinni shartini bajarish uchun o`quvchi gap bo`laklari anglatgan mantiqiy ma`no ustida fikrlashi uning qaysi so`z bilan bog`lanishi va qanday so`roqqa javob bo`layotganini bilib olish lozim. Bu o`quvchini tez o`ylab xulosa chiqarishga, zukkolikka sezgirlikka undaydi. Kitobni o`qidi Komila. ketdi Dilrabo toshkentga o`qishga kirish uchun. Bolalar bajardi o`qituvchining topshirig`ini tez. sug`ordi dehqon paxtani. Adashgan ikkinchi darajali bo`lakni top O`yinda huddi yuqoridagidek ish tutiladi.gap tarkibidagi ikkinchi darajali bo`lak bajarayotgan vazifasi va qaysi gap bo`lagiga birikayotganiga qarab o`z o`rniga qo`yiladi. Akam universitetga kirdi bu yil. Sojida boshini sarak- sarak qilib gapirdi tez. Muattar parvarish qildi gullarni. bobosi Dilshodaning bog`imizga mevali daraxtlar o`tkazdi. Yüklə 0,65 Mb. Dostları ilə paylaş: |