Darsllik bilan ishlash
bosqich. Yangi mavzu: Gap va so„z Husnixat daqiqasi o„tkaziladi.
Aa 3-topshiriq. “Men kimman? “ o`yini.
Bir o`quvchi doskaga chaqiriladi. Quyon rasmini faqat shu o„quvchi ko„radi va o„rtoqlaridan uning kimligini topish uchun savollar beradi. . Doskaga chiqqan o`quvchi o`quvchilardan so`raydi.
-Men jonsizmanmi? (Yo`q)
-Jonlimanmi? (Ha)
-Parrandamanmi? (Yo`q)
-Hayvonmanmi.(Ha)
-Kattamanmi? (Yo`q)
-Kichkinamanmi? (Ha)
-Rangim qorami? (Oq, kulrang,qorasan)
-Uy hayvonimanmi?(Ba‟zi insonlar seni boqishadi)
-Unda men quyonmanmi?(Ha)
O`quvchilar yashirin rasmlarni topadilar. So`z tarkibini tahlil qiladilar. Shu so`zlar ishtirokida gaplar tuzib, matn yaratadilar. Sarlavha qo`yib, daftarlariga yozadilar . Bosh bo`laklarni aniqlab tagiga chizadilar.
Dam olish daqiqasi. Shamol g`ir –g`ir etadi Daraxtlar silkinadi Shamol sekin pasaydi, Daraxtlar qad ko`tardi.
O„quvchilr she‟rni jismoniy harkatlar bilan bajaradilar.