O„zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi.
A.Oripov so„zi. M. Burxonov musiqasi. Serquyosh, hur o„lkam, elga baxt najot, Sen o„zing do„stlarga yo„ldosh, mehribon. Yashnagay to abad ilmu fan , ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon.
Naqorat Oltin bu vodiylar – jon O„zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug„ xalq qudrati jush urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag„ri keng o„zbekning o„chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo„r qanot !
Istiqlol mash‟ali, tinchlik posboni, Haqsevar ona yurt, mangu bo„l obod.
Naqorat Oltin bu vodiylar – jon O„zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug„ xalq qudrati jush urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor!
Tashkiliy qism.
O„qituvchi:
Salomlashish. Hamma. Odobning boshi salom, Dilingda bo„lsin kalom. Shuning uchun deymizki. Assalomu alaykum! O‟qituvchi:
Qani ayting bolalar, Tog„dagi gul lolalar. Daftar, ruchkalar bormi? Darsga hamma tayyormi?
O„quvchilar: Sabog„ingiz puxta bilib olganmiz.
“5” ball uchun tayyor bo„lib kelganmiz.
O„tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‟qituvchi:O„quvchilar biz o„tgan darsda his-hayajon gapni o„tgan edik. Biz hozir qisqacha tarqatma materiallar orqali mustahkamlaymiz. Avval sinfimiz o„quvchilarini uch guruhga bo„lamiz. “Yulduzchalar”, “Oymomo”, “Quyoshjon”. Hozir men tarqatma materiallarni “Yulduzchalar”, “Oymomo”, “Quyoshjon” guruhlariga tarqatib chiqaman.
Tarqatmali materiallarga mana bunday yozilgan. “Yulduzcha” guruhiga
His-hayajon gap deb nimaga aytiladi?
His-hayajon gapga qanday belgi qo„yiladi?
His-hayajon gapga misollar keltiring.
Bahor haqida his-hayajon bilan gapirib bering. ”Oymomo” guruhiga
Oh asal juda mazali! His-hayajon gapni toping.
Nima uchun so„roq gap deyiladi?
So„roq gapga gap tuzing.
His-hayajon gap bilan, so„roq gapning farqi nimada? “Quyoshjon” guruhiga
Darak gap deb nimaga aytiladi?
Darak gap haqida gap tuzing.
Darak, so„roq, undov gapning bir-biridan farqi qanaqa?
Kuz haqida 1 ta gap tuzing.
O‟qituvchi:O„quvchilarga javob berishlari uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Baholar rangli jetonlar orqali beriladi.
5 ball har bir to„g„ri javobga 5 ball 1 ta xatosi bo„lsa
3 ball 3-4 ta xatosi bo‟lsa
O‟qituvchi:Tarqatmalar bo„yicha quyidagicha ballar olindi. “Yulduzchalar” - 24 ball
“Oymomo” - 17 ball “Quyoshjon” - 19 ball
O‟qituvchi:O„quvchilar sizlarning xotira charxingizni sinab ko„ramiz. Hozir si ”Mustaqillik maydoni” to„g‟risida so„zlab berasizlar. Qani qaysi guruhda tez va
ko„p gap aytib beradi va doskada 1 tadan so„zni xatosiz va chiroyli yozib beradi. Masalan: Mustaqillik, Vatan, Ezgulik.
“Yulduzchalar” - 16 ball “Oymomo” - 16 ball “Quyoshjon” - 19 ball
O‟qituvchi:Uyga berilgan topshiriqlar o„quvchilardan so„raladi.
O‟quvchilar:Qo„l ko„tarishadi. O„qituvchi bir o„quvchidan so„raydi. 103- mashq deb javob berishadi. 3 ta guruhdan bitta-bittadan o„quvchidan og„zaki so„raladi. ”Biz sportni sevamiz” mavzusida 4-5 ta gap tuzish.
“
Yulduzchalar”. Sog„ tanda, sog„ aql. 1 ta xato bo„lganligi uchun 5 ball. “Oymomo”.
Sport kishini chiniqtiradi. 2 ta xatosi borligi uchun 4 ball. “Quyoshjon”. Sport bu do„stlikdir. 2 ta xatosi borligi uchun 4 ball.
O‟qituvchi:Shuning bilan o„tilgan darsni mustahkamlab oldik. O„tilgan dars bo„yicha kimlarda savollar bor?
O‟quvchilar: Savollar yo„q hammasiga tushundik.
Dam olish daqiqasi.
Qani bir dam olish daqiqasini o„tkazib olaylikchi.
Bir, ikki, uch, to„rt.
Raz, dva, tre, cheteri.
Eng, du, turva, kadr.
One, two, thre, four. Derazani ochaman,
Toza havo kirsin deb. Gimnastika qilaman.
Tanim sog„lom bo„lsin deb.
Qo„llarni yuqoriga ko„tarib 10,20,30,40,50,60,70,80,90 o„yinni matematika faniga, rus tili, fransuz tili, ingliz tili faniga bog„laymiz.
O‟qituvchi:1,2,3.
O‟quvchilar:O„tiramiz tinch.
O‟qituvchi:Endi bolajonlar, yangi mavzuni boshlaymiz.
Dostları ilə paylaş: |