Sintaktik o`yinlar.
Gapning turini aniqla o`yini.
Boshlang`ich sinflarda gapning maqsadga ko`ra turlari o`rganiladi. O`quvchilar ushbu gaplarning mazmunini o`zlashtirish davomida dark, so`roq, buyruq gaplarnibilib olishadi. Bu gaplar yuzasidan o`quvchilar ma`lum darajada bilimga ega bo`lganlaridan keyin turli grammatik o`yinlar o`tkazish mumkin. Gapning grammatik maqsadga ko`ra turlarini aniqlashda o`quvchilar taqqoslash metodidan foydalanishadi.gapni taqqoslash jarayonida esa mantiqiy fikr yuritishadi. Bu o`yinni o`tkazish uchun o`quvchilar maxsus tayyorgarlik ko`rishadi. Ular uch guruhga bo`linadi. Har bir o`quvchi o`ziga quyidagicha kartochkalar tayyorlab olishadi.
O`qituvchi o`zi tayyorlab kelgan gaplarni o`qiydi. Darak gaplarni o`qiganda birinchi guruh, so`roq gaplarni o`qiganda ikkinchi guruh, buyruq gaplarni o`qiganda uchinchi guruh o`quvchilari o`zlariga tegishli kartochkalarni va unda ishlatiladigan tinish belgilari bilan birga ko`tarishadi. Buyruq gaplardan o`qituvchi faqat nuqta ishlatiladigan turlarini olishi zarur. O`qituvchi o`qiydigan gaplar quyidagicha bo`lishi mumkin.
Tamanno she`rni juda mayin, juda shirin ovoz bilan o`qiydi.
Siz yozda qanday dam oldingiz.
ber.
Turmushda faqat o`z manfaatingnigina o`ylama, boshqalarga ham yordam
Senga toychoq olib beraymi?
Qo`lingdan keladigan ishga urun. Qo`lingdan kelmaydigan ishga urinma. 6.Poytaxtimiz Toshkent kundan- kunga go`zallashmoqda.
Xuddi shunday o`yinni buyruq gaplar yuzasidan ham o`tkazish mumkin. Chunki bu gaplar buyruq, maslahat, iltimos kabi ma`nolarni bildiradi. Ba`zan nuqta, ba`zan undov belgisi qo`yilishi ham mumkinlagi tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: |