Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z tarkibi va yasalishini o’rganish metodikasi
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so’zning morfemik tarkibi III sinfda o’rganiladi. IV sinfda so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko’zda tutiladi.
Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.
Til materialini o’rganish tizimi
Til materialini o’rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o’zaro bog’lanishdagi bilimlar yig’indisini o’zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so’z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o’zlashtirish: a) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning morfemik tarkibini o’rganishning o’rni bilan; 2) “o’zak”, “o’zakdosh so’z”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga ta’sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog’liqligini belgilab beradi.
I sinfda kuzatish o’rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so’zlarning ma’nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog’lanadi. I sinfda kim?, nima? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’rganish jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning “Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?” savoliga birgalikda javob topishi ularni bir xil o’zakli so’zlar o’rtasidagi munosabatni tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga javob topish bilan o’quvchilar “Nega so’zlar o’zakdosh hisoblanadi?”, “Bir so’zdan boshqa so’z qanday hosil bo’ldi?” savollariga javob berishga tayyorlanadilar.