Boshlang’ich sinflarda tenglamalar va ularni yechishni o’rgatish metodikasi



Yüklə 397,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü397,44 Kb.
#165958
1   2   3
4857-Article Text-9407-1-10-20230127

Keywords:
Equation, inequality, problem, unknown number, terms, result, 
expression, complex equation, simple equation, arithmetic operation 
Mana shu muammo yechimi bo‘yicha maqolalar, dissertatsiyalar, ilmiy ishlar 
natijalarini tahlil qilgan holda, muayyan ilg‘or pedagogik tajriba vujudga keladi. 
Quyida muayyan ilg‘or pedagogik tajribani amalda qo‘llashni sizlarga tavsiya 
qilamiz. Tajribaning maqsadi, o‘quvchilarga murakkab tenglamalar yechishning 
muammosiz variantini tushuntirishdan iborat. 
1. Muammoning kelib chiqish sababini aniqlash va uni bartaraf etish
2. Muammoni bartaraf etish uchun tavsiya qilinadigan tushunchalar Tenglama 
so‘zining o‘zagi bu teng so‘zidan iborat bo‘lib boshlang‘ich sinf matematika fanida 
bu so‘zdan foydalanib tengsizlik tushunchalari kelib chiqiladi. Tengsizlik 
tushunchalarin biz ko‘proq ifodalarni taqqoslashda ishlatamiz. Ifoda deganda ko‘proq 
misollar tuhuniladi. Shu nuqtai nazardan tenglamalar mavzusini o‘rganishni quyidagi 
rejalar asosida olib borish maqsadga muofiq boladii. 
Tenglamalarni yechishga o‘rgatish uchun ishni nimadan boshlash kerak? 
1. Arifmetik амаллар
2. Ifoda
3. Tengsizlik 
4. Tenglik
5. Tenglamala 
Arifmetik amallar ta’riflari: 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
444


Arifmetik amallar hadlari Qo‘shish amalining hadlari 3 + 2 = 5 3 va 2 ni 
yig‘indisi 5 ga teng 3-qo‘shiluvchi 2-qo‘shiluvchi 5- yig‘indi Arifmetik amallar 
hadlari Ko‘pchilik Ustozlar darslikda berilgani kabi, arifmetik amallar hadlari 3 ta 
deb tushuntirib kelmoqda. Agar biz shu tushunchaga quyidagicha yondashsak 
maqsadga muofiq bo‘ladi: Qo‘shish amalining hadlari 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har bir arifmetik amalda 2 ta had va 1 ta natija 
borligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunday yondashish o‘qituvchilarni o‘zlariga 
attestatsiyadagi quyidagi mazmunda keluvchi savolga “Boshlang‘ich sinflarda sodda 
tenglamalarning yechish usullari nechta?” savolga aniq va to‘g‘ri javobni tushungan 
holda berishga olib keladi.
Rasmdan ko‘rinib turubdiki, tenglamalar 2 xil: Sodda va murakkab bo‘ladi. 
Ma’lumki tengamalar 2-sinfdan boshlab o‘qitiladi. Sababi 2 -sinfga kelib o‘quvchilar 
4 ta arifmetik amallar bilan tanishib ulgurishadi. barcha arifmetik amallarni o‘rganib 
bo‘lgandan so‘ng yuqorida ta’kidlaganimizdek har bitta arifmetik amalda 2 ta had va 
1 ta natija borligi nuqtai nazardan foydalanib, biz sodda tenglamalarning yechilish 
usullarini quyidagi tasvirlashimiz mumkin. 
Noma'lum son qatnashgan tenglik 
- tenglama deyiladi
Sodda
3+x=10
Murakkab
(2*x-4)-4=4
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
445


Bu ko‘rgazmadan sodda tenglamalarni yechish usullari 8 ta ekanligi ko‘rish 
qiyin emas. Bevosita murakkab tenglamaning yechish jarayoni bilan tanishtirishga 
o‘tamiz.
Tenglamani yechish usuli: 
(2*X-4)-4=4 
(2*X-4)=4+4
2*X-4=8
2*X=8+4 
2*X=12
X=12:2
X=6
Bu tenglama o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun o‘qituvchilar quyidagi 
savollarga javob topishi lozim bo‘ladi.
(2*X-4)-4=4 
Nima uchun qavsni ichini noma’lum son deb oldingiz?
(2*X-4)=4+4 
Nega 4sonini bu tomondagi 4soniga qoshdingiz?
2*X-4=8
Nega qavslarni tashladingiz?
2*X=8+4 
Nega 8ga 4ni qo‘shdingiz? 
2*X=12 Bu qanday teglama?
Shunday tenglamalardan nechtasidan foydalandiz va nima uchun?
X=12:2
X=6 Bu savollarga javob berish uchun matematika o‘qitishning asosiy 
yo‘nalishlaridan foydalangan holda 
Matematika o’qitish jarayonining eng asosiy yo’nalishlari quyidagi 4 qismdan 
iborat. 
1. Matematika tushunchalar to’plamini bilish 
2. Matematik mulohoza yurita olish. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
446


3. Matematik masala va muammollarni yechish. 
4. Matematik tilni egallash. 
Quyidagicha yechish usuli tavsiya etiladi: 
Tenglamalarni bunday usulda yechilishidan o‘qituvchilar murakkab 
tenglamalarni yechishga o‘rgatishda ishni nimadan boshlashni o‘rganib olishadi 
hamda tenglamalarning yechishdan maqsad nima ekanligini o‘zlariga aniq belgilab 
olishadi. 

Yüklə 397,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin