ISSN NO:2720-4030
Volume 12, November, 2022
110
https://periodica.com
Boshlang‘Ich Sinflarda Tenglamalar Va Ularni Yechishni
O‘Rgatish Metodikasi
Fazliddin Botirovich Qurbonov
Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini yangi
metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi
A B S T R A C T
A R T I C L E I N F O
Ushbu maqolada xozirgi kunda dolzarb bo‘lgan boshlang‘ich
sinflarda tenglamalarni yechishni o‘rgatish bilan bog‘liq
muammolar, dars jarayonidagi bolalarga
mavzuni yetkazib berish
qiyin bo‘lgan holatlarga yechim toppish yo‘llari haqida fikr
yuritilgan.Yangi milliy o‘quv dasturi bo‘yicha ona tili va o‘qish
savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bevosita boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi. Bu fanlar ichida boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarning fikriga ko‘ra matematika fanini o‘zining
murakkabligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa ma’lumki boshlang‘ich
sinf matematika darslarida “Murakkab
tenglamalarni yechish
metodikasi” mavzusi
o‘quvchilar
tomonidan
qiyinroq
o‘zlashtiriladi. Natijada o‘quvchilar bir xil
muammoga duch keladi.
Ya’ni muammo shundan iboratki, o‘quvchilarga bitta tenglamaning
yechimini tushuntirib berib, shunga o‘xshash tenglama berilsa yecha
oladilar, ammo u tenglamadan farq qiluvchi tenglama berilsa yecha
olmaydilar. Ushbu muammoni yechish maqsadida maqolada
metodik yondoshuvlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Received: 26
th
September
2022
Revised: 13
th
October 2022
Accepted: 17
th
November
2022
K E Y W O R D S:
Tenglama,
tengsizlik,
masala, noma’lum son,
hadlar,
natija,
ifoda,
murakkab
tenglama, soda
tenglama,
arifmetik
amallar.
Mana shu muammo yechimi bo‘yicha maqolalar, dissertatsiyalar, ilmiy ishlar natijalarini tahlil qilgan holda,
muayyan ilg‘or pedagogik tajriba vujudga keladi. Quyida muayyan ilg‘or pedagogik tajribani amalda
qo‘llashni sizlarga tavsiya qilamiz. Tajribaning maqsadi, o‘quvchilarga murakkab tenglamalar yechishning
muammosiz variantini tushuntirishdan iborat.
1.
Muammoning kelib chiqish sababini aniqlash
va uni bartaraf etish
2.
Muammoni bartaraf etish uchun tavsiya qilinadigan tushunchalar
Tenglama so‘zining o‘zagi bu teng so‘zidan iborat bo‘lib boshlang‘ich sinf matematika fanida bu so‘zdan
foydalanib tengsizlik tushunchalari kelib chiqiladi. Tengsizlik tushunchalarin biz ko‘proq
ifodalarni
taqqoslashda ishlatamiz. Ifoda deganda ko‘proq misollar tuhuniladi. Shu nuqtai nazardan tenglamalar
mavzusini o‘rganishni quyidagi rejalar asosida olib borish maqsadga muofiq boladii.