Boshlang`ich sinflarda to`garak mashg’ulotlarini o`tish metodikasi



Yüklə 20,5 Kb.
səhifə1/4
tarix01.07.2022
ölçüsü20,5 Kb.
#62576
  1   2   3   4
Boshlang`ich sinflarda to`garak mashg’ulotlarini o`tish metodika


Boshlang`ich sinflarda to`garak mashg’ulotlarini o`tish metodikasi
Yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining ―Yuksak
ma‘naviyat – engilmas kuch‖ asarida ta‘lim – tarbiya haqida quyidagi fikrlarni
bildirgan. ―Ma‘naviyatni shakllantirishga bevosita ta‘sir qiladigan yana bir muhimhayotiy omil – bu ta‘lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma‘lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm – u ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan‖ar.
Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va
uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda
ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan
ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va
jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga,
bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashishini
talab qiladigan umummilliy masaladir.
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy
jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch
maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda
sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya katta.
Matematikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars
mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda
qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars
mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari
mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or
tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli
– tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud.
Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflar
uzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib
borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini
shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Matematika to‘garagi
ishi, uni to'g'ri tashkil qilganda va uni o‘tkazish metodikastdan to'g'ri
foydalanganda, o‘quvchilarda matematikaga qiziqish uyg'otish va bu qiziqishni
rivojlantirish, ularning bilish aktivlari va matematik qobiliyatlarini
rivojiantirishga imkon beradi. Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini singdiradi, o‘z
kuchlariga ishonchni, qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf qilish qobiliyatini
tarbiyalaydi. Bolalar to‘garak ish jarayonida o‘zlarining matematika jihatidan
o‘sganliklarini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini anglab yetishlari katta
ahamtyatiga ega. Shu boisdan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar natijalarini
o‘quvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini ta'kidlagan holda to‘la
batafsil tahlil qilish kerak. To‘garakning ba'zi mashg'ulotlariga o‘quvchilarning
ota-onalarini ham taklif qilish mumkin. Matematik savollar va masalalalarning
turli-tumanligiga qaramay kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan to‘garak
mashg'ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
1. Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog‘lanishga ega. Bunda
hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi,
hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan
nazariya orasidagi bog'lanishi ta'minlanishi kerak.
2. O‘rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo‘lishi, ya'ni
o‘quvchilarni kelajakda o‘rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni,
masalan: to‘plam, funksional bog'lanish, algebraik simvolika, tenglamalar,
grafiklar, ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va xokazolarni o‘rganishda
tayyorlanish maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin.
3. O‘rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning
kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muhabbat va uni o‘rganishga qiziqish
uyg'otadigan asosiy ta'lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan
bo‘lishi kerak. Qiyinroq misol va masalalar yechish, o‘quvchilar tafakkurini,
konkretdan abstraktga o‘tish, zarur umumlashtirishlarini qila olish qobiliyatlarini
rivojlantirish va xokazolar to‘garak ishi mazmuniga kiradi. Qiziqarlilik
harakteridagi mashqlar, arifmetik fokuslar, «ajoyib» kvadratlar, topishmoqla
qiziqarli o‘yinlar, she'rlar va xokazolar katta o‘rin oladi, Shu bilan birga
materialni qiziqarli bo‘lishi yagona maqsad emas, qaraladigan matematik
qoidalar, qonuniyatlar va boshqalarni chuqurroq tushuntirishga imkon beradi.
To‘garak mashg'ulotlarida o‘qituvchilar suhbatlariga, to‘garak a'zolarining
chiqishlariga katta o‘rin ajratiladi, ba'zi nazariy material o‘qituvchilar suhbatlarida
bayon qilinadi, qiziqarli matematik masalalar beriladi.
Matematika to‘garagida bir guruh bolalarning ishtirok qilish va ularning
qiladigan ishlari faqat to‘garak qatnashchilargina emas, balki sinfdoshlarning
hammasi uchun ham katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 20,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin