Bilasizmi?
1. Tuyaqush yer yuzasidagi eng katta qush, uning og'irligi 90 kg gacha yetadi.
2. Yer yuzasidagi turli xil xasharotlar turi 800 mingdan ortiq.
3. Eng novcha odamning bo‘yi 2 m 83 sm, eng past bo‘yli kishi esa 42 sm
bo‘lgan.
4. Xozircha eng og'ir odamning vazni 404 kg, eng yengil odamning vazni esa
9,5 kg ekanligi aniqlandi.
5. Bitta asalari 1 kg asal yig'ishi uchun 300000 metr masofani uchib o‘tishi, 9
million gulga qo‘nishi kerak bo‘lar ekan.
6. Filolog olimlarning ko‘rsatishicha, yer yuzidagi xalqlar 2796 ga yaqin tilda
gaplashadilar (bunga bir necha til ichidagi turli xil shevalar kirmaydi).
7. Millard minut to‘qqiz asrdan ko‘pdir. Agar eramiz boshidan
xisoblashadigan bo‘lsak, 1902 yilda milliardinchi minut o‘tganining guvohi
bo‘lamiz.
8. Milliard marta nafas olish uchun 95 yildan ortiqroq yashash kerak.
9.70 yoshgacha kirgan kishi umrining taxminan 23 yili uxlashga, 18 yili esa
gapirishga, 6 yili yeyishga, 1,5 yili yuvinishga ketish aniqlandi.
Og'zaki viktorinalarda taqdim qilingan xazil masalalaridan foydalanish:
2 va 3 orasiga qanday belgi qo‘yilsa 2 dan katta 3 dan kichik son xosil
bo‘ladi? (vergul 2,3).
Xudbin, xasis, saxiy va bag’ri keng sonlar
Ikki og'a-ini tulkilar barcha bir va ikki xonali sonlarni bo‘linishiga ko‘ra
tekshirib chiqishdi.
2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23, 29, 31, 37, 41, 43, 47, 53, 61, 67, 71, 73, 79, 83,
89, 97 lar "xudbin" sonlar ekanlar. Ya'ni ular bir va o‘zlarini mustasno etilsa,
boshqa hech bir songa bo‘linmaydiganlar toifasiga kirisharkan.
4,9,25,49 lar esa "xasis" - atigi birgina bo‘luvchisi bor sonlar guruhini tashkil
etisharkan.
Ikki va undan ortiq bo‘luvchisi bor sonlar ko‘pchilikni - tekshirilgan
sonlarning uchdan ikki qismini tashkil etisharkan.
Ammo lekin to‘rtta son: (qoyil, lekin 4 polvon!) 60,72,90,96 larning juda
bag'rilari keng ekan. Negaki, ularning har biri o‘zlari va 1 ni isti sno etgandayam
baribir yana oz emas, ko‘p emas -roppa-rosa 10 tadan songa bo‘linisharkanda!!
60= 2x30,3x20,4x15,5x12,6x10
72 = 2x36,3x24,4x18,6x12,8x9
90 = 2x45,3x30,5x18,6x15,9x10
96 = 2x48,3x32,4x24,6x16,8x12
“Aralashgan” uch vazifa
Dostları ilə paylaş: |