IQBOL MIRZO LIRIKASINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Madina Ibodullayeva
Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Iqbol Mirzo lirikasining leksik-semantik xususiyatlari xususida so’z boradi. Maqolada shoirning so’z qo’llashda uning ma’no nozikliklari, mazmun o‘zgachaligi turli tasvir usullari va vositalaridan unumli foydalana olganligining guvohi bo’lamiz.
Kalit so’zlar: Ma’nodosh so’zlar. leksik ma’nodoshlik .sinonimlar. leksik-frazeologik ma’nodoshlik. Omonimlar. Paronimlar. zid ma’noli so’zlar.
Annotation.This article discussed the lexical and semantic features of Iqbol Mirzo’s lyrics. In the article we will see that the poet was able to effectively use a variety of imagery methods and tools in the use of words its subtities of meaning the uniqueness of the content.
Keywords: synonyms. lexical semantic synonyms. lexical phraseological semantics. Homonyms. Paronyms. opposite meaning words.
Аннотация: В статье рассматриваютсия лексико-семантические особенности лирики Икбола Мирзо. В статье мы видим что поет умел эффективно исползоват различные образные приемы и средства в употребления слова его тонкости смысла уныкалности содержания.
Ключевые слова: синонымы. лексическая семантика синонымы. лексическая фразеологическая семантика. Омонимы. Паронимы. противоположные значения слов.
Tilda ham har bir unsurning o‘z vazifasi, ma’no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, badiiy didi, so‘z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, so‘z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g‘oyasi, balki go‘zal tilining asiriga aylanadi. Bunda yozuvchi umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma’nolar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
So‘z qo‘llashning san’at darajasida yoki san’at darajasida emasligini baholash uchun, eng avvalo, so‘z, uning ma’nosi va bu ma’noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. Albatta, so‘zning qo‘llanishi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadigan qo‘shimcha ma’no nozikliklari, mazmun o‘zgachaliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo ta’kidlash joizki, bunday qo‘shimcha ma’no nozikliklari aksar hollarda, avvalo, so‘z ma’no qurilishining o‘zida imkoniyat sifatida mavjud bo‘ladi, ular so‘zning ma’no qurilishi tarkibida ilgaridan qayd etilgan bo‘ladi.
Tildagi nominativ birliklarning ma’no tuzilishini o‘rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e’tibor qilinadi. Bu masalani monografik tarzda tadqiq etgan V.N.Teliya ta’rificha, «konnotatsiya – til birliklari semantikasiga uzual yoki okkozional ravishda kiradigan, nutq subyektining borliqni jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqni bo‘lgan hissiy - baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko‘ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyat» dir. Konnotatsiya, ta’rifidan ko‘rinib turganiday, so‘zlovchining borliqni ifodalash vositalariga munosabatiga dahldor bo‘lgan jihatdir. Masalan, yuz, bet, chehra, ruxsor, aft, bashara, turq kabi so‘zlar qatoridan tegishli nutq vaziyati va subyektiv nuqtai nazarga muvofig`ini tanlash so‘zlovchining o‘ziga berilgan imkoniyat ekanligi ma’lum. V.N.Teliya ta’kidlaganidek, bunday so‘zlar semantikasida «so‘zlovchining ifodalanmishga bo‘lgan munosabati haqidagi informatsiya kodlashtirib qo‘yilgan bo‘ladi va jumla qurilar ekan, xuddi siqilgan prujina qo‘yib yuborilganiday, bu informatsiya darhol ishga tushadi», demak, lug‘at birliklari faqat nominativ faoliyat uchungina emas, balki pragmatik faoliyat uchun tayyor material bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchi ayni shu o‘rinda ana shu mulohazalarga asoslangan holda so‘zning semantik qurilishida nominativ jihatga qo‘shimcha konnotativ jihatning bo‘lishi nutqiy tejamkorlik uchun yordam berishini ham ta’kidlaydi. V.N.Teliya so‘zning leksik ma’nosini, kamida uch makrouzvning kombinatsiyasi sifatida tasavvur etish mumkinligini aytadi: 1) ma’noning borliqdagi muayyan reallikni ifodalovchi denotativ uzvi;
2) kategorial-grammatik uzvi; 3) nutq subyektining so‘z orqali ifodalangan narsaga munosabatini anglatadigan emotiv-modal uzvi. Ana shu uchinchi uzv ekspressiv bo‘yoq, uslubiy bo‘yoq, emotsional bo‘yoq, subyektiv baho kabi tushunchalarni umumlashtiruvchi konnotativ ma’nolardir. Bunday uzvning mazmun-mohiyati o‘zbek tilshunosligida ham ancha keng ochib berilgan. Masalan, «O‘zbek tili leksikologiyasi» kitobida so‘z narsa-hodisani ifodalashi barobarida ko‘pincha shu narsa-hodisaga so‘zlovchining subyektiv munosabatini ham anglatishi alohida ta’kidlangan: «...Lug‘at sostavidagi so‘zlarni kuzatish ularning ba’zilari biror narsa, hodisalarni atabgina qolmay, ayni paytda so‘zlovchining ifodalanayotgan tushunchaga o‘z bahosini, munosabatini ifodalanishini ham ko‘rsatadi. Bu munosabat doirasiga g‘azab, erkalash, qoyil qolish, nafratlanish, jirkanish, kinoya kabi xilma-xil emotsional munosabat ko‘rinishlari kiradi. So‘zlar, ma’lum tushuncha anglatishdan tashqari, so‘zlovchining shu tushunchaga loqayd qaramasligini, aksincha, ijobiy va salbiy emotsional munosabatda ekanligini ham ko‘rsatib turadi. Bu baho elementi tinglovchi tomonidan ham odatda so‘zlovchi nazarda tutgandagidek idrok etiladi. Tilshunoslikda bunday xususiyatga ega bo‘lgan leksika emotsional - ekspressiv leksika, ekspressiv - stilistik leksika terminlari ostida o‘rganilmoqda».
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, ko‘p ma’noli, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‘zlar, chet va vulgar so‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi.
Ma’nodosh so‘zlar tilning lug‘aviy jihatdan boylik darajasini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos vositadir. Tilda ma’nodosh so‘zlarning ko‘p bo‘lishi tilning estetik vazifasini yanada to‘liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o‘rganilgan. O‘zbek tili ma’nodosh so‘zlarga juda boy. Yozuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadi va ruhiga muvofiq keladigan aniq so‘zni topib o‘z asarlarida qo‘llashga harakat qiladilar, shu tariqa, qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha real ko‘rsatib berishga intiladilar. Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan, ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir.
Tilshunoslikda ma’nodoshlikning, asosan, uch turi farqlanadi, ya’ni: 1) leksik ma’nodoshlik; 2) frazeologik ma’nodoshlik; va 3) leksik-frazeologik ma’nodoshlik. Leksik ma’nodoshlikdan bir necha maqsadlarda foydalaniladi.
Iqbol Mirzo she’rlarida ko‘proq leksik ma’nodoshlik hodisasi mavjud:
Tuproqdek hokisor, saxiy, tanti zot,
Ushbu kun valiylar alqab turibdi.
Dostları ilə paylaş: |