Iqbol mirzo lirikasining leksik-semantik xususiyatlari



Yüklə 30,51 Kb.
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü30,51 Kb.
#104810
1   2   3   4
6267-Текст статьи-15483-1-10-20220616

Oriyat, hamiyat, lafz va e’tiqod
Sening timsolingda yashnab yuribdi.
(«Bug‘doy so‘z», 50-bet)

Boshim bukib qo‘yib o‘lim azasiz,


To‘yga borgan o‘yinchidek shod hijron,
Yorsiz mazmunsizman, yorsiz mazasiz…
Balki unga begona va yot hijron. («Hijron», 350-bet)
Iqbol Mirzoning ayrim she’rlarida sinonimlardan juft so‘zlar hosil qilingan:
Oyday yuragimda dog‘im bor endi,
Kulfat o‘zimniki taskin - daldam yo‘q.
Uzoqda ishongan bog‘im bor edi,
Suyangan tog‘im yo‘q - endi dadam yo‘q.
(«Dadam», 100-bet)
Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag‘alligi va rangsizligidan qochish uchun. Tasvir ob’ektiga e’tiborni jalb qilish uchun. Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun. Salbiy belgining kuchayib borishini ifodalash uchun.
Kontekstual ma’nodoshlik. Shoirlarning badiiy til borasidagi ustunliklardan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo`lgan, tayyor ma’nodosh so‘zlardangina foydalanib qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga ko‘ra ma’nodosh bo‘lmagan so‘zlarni ham shunday qo‘llaydilarki, bu so‘zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so‘zlar kabi idrok etiladi.
Frazeologik ma’nodoshlik. voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma’nodoshligidan keng foydalaniladi. Jumla tarkibida kelgan ma’nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror bir sifatni, xususiyatni detallashtirib, ikir-chikirigacha ko‘rsatib tasvirlashga xizmat qiladi.
Leksik-frazeologik ma’nodoshlik. «Lug‘aviy birlik sifati­da frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘la oladi».
Tilimizda tovush (yozuvda harfiy) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlar omonimlar deb ataladi. Tilshunoslikda omonimiyaning uch ko‘rinishi mavjudligi ta’kidlanadi: Omoleksema, omograf va omofonlar. «Omoleksemalarni belgilashda talaffuz jihatidan bo‘ladigan bir xillik ham, harfiy (grafik) ifoda jihatidan bo‘ladigan bir xillik ham hisobga olinadi.»
Omograflar esa, harfiy jihatdan bir xil bo‘lib talaffuzi har xil bo‘ladi:
Omofonlar deb talaffuz jihatidan teng kelish hodisasiga aytiladi. Shakldoshlik iboralarda ham kuzatiladi. Shakldosh so‘zlar asosida yuzaga keladigan ohangdoshlikdan badiiy asarda alohida uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Nasrga askiya va payrov orqali kulgi chiqarish maqsadida, she’riyatda esa tuyuq hosil qilishda ishlatiladi.
Iqbol Mirzo o‘z she’rlarida omonimlarni keng qo‘llaydi:
Biz oh ursak, har oshiqdan ko‘ra oshiq ohimiz bor,
Ko‘ylagining shamolidan samolarda xokimiz bor.
Ko‘nglimiz yo‘q, dog‘imiz bor, dog‘i yo‘q dilxohimiz bor,
Gunohkormiz, ko‘ngil berdik, endi tan olmog‘miz bor,
qalbimizni qayta bersin, tashlasin ostonasiga,
Buna jafo qilmasalar begonaning bolasiga!
(«Farg‘onacha», 139 bet)
Dedi: «O‘g‘lon, qoshimdan
Alhol ketmagil zinhor.
Barmoq surgil qoshimga,

Yüklə 30,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin