Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarda algebraik materiallarni o’rgatish bo’yicha ta’limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalardan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Boshlang’ich matematika kursida algebraik materiallarni
o’rganishni nazariy asoslari
1.1 Sonli ifodalar
Boshlang'ich sinf matematika kursiga algebraik elementlarni kiritishning maqsadi, o'quvchilarni son haqidagi, arifmetik amal haqidagi, matematik munosabat haqidagi rna'lumotlarni bolalar tasavvurida uyg'otish va ularga algebra elementlarini o'ganish uchun asos hosil qilishdir.
Boshlang'ich sinflarda matematik ifodalar ya'ni sonli ifoda va o'zgaruvchili ifodalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo'yicha reja asosida ish olib boriladi. Harfdan o'zgaruvchini ifodalovchi belgi sifatida foydalanish boshlang'ich sinf matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va umumlashgan holda o'zlashtirish maqsadlariga hizmat qiladi, keyinchalik o'quvchilarga o'zgaruvchi funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayorgarlik bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda algebraik misollarni yechish uchun algebra qonun va qonuniyatlarga emas balki arifmetik qoidalarga asoslanadi.
Sonli ifodalar. Sonli ifodalar mazmuniga ko'ra sonlardan tuzilgan bo'ladi.
Sonlardan, amal belgilaridan va qavslardan tuzilgan ifodaga sonli ifoda deyiladi.
Ya'ni 3+7, 21:7, 5· 2-6, (20+5) · 4 -15 shunday misollarga sonli ifodalar deb aytamiz.
Sonli ifoda tushunchasi umumiy ko'rinishda bunday ta'riflanadi:
har bir son sonli ifodadir;
agar (A) va (B) lar sonli ifodalar bo'lsa, u holda (A) + (B), (Л) - (£), (A) -(B), (A):(B) lar ham sonli ifodalardir.
Ko'rsatilgan amallarni bajarib, sonli ifodaning qiymati topiladi. Ifodada ko'rsatilgan har bir amalni ketma-ket bajarish natijasida hosil bo'lgan son sonli ifodaning qiymati deyiladi.
Agar bu ta'rifga amal qilinsa, juda ko'p qavslar yozishga to'g'ri kelar edi. Masalan, (2) + (3) yoki (7) • (9). Yozuvni qisqartirish uchun ayrim sonlarni qavs ichiga olmaslikka kelishilgan. Bundan tashqari, agar bir necha ifoda qo'shiladigan yoki ayriladigan bo'lsa, qavslarni yozmaslikka kelishilgan, bu amallar tartib bo'yicha chapdan o'ngga qarab bajariladi. Xuddi shuningdek, bir necha son ko'paytirilsa yoki bo'linsa, qavslar yozilmaydi, bu amallar tartib bo'yicha chapdan o'ngga qarab bajariladi. Masalan, bunday yoziladi:
25-4 + 61-14-42 yoki 60 : 3,5 • 15 : 25.
Nihoyat, avval ikkinchi bosqich amallarni (ko'paytirish va bo'lishni), keyin birinchi bosqich amallari (qo'shish va ayirish-ni) bajariladi. Shuning uchun (12 • 4 : 3) + (5 • 8 : 2 • 7) ifoda bunday yoziladi: 12•4:3 +5• 8:2• 7.
Shunga muvofiq ravishda sonli ifodaning qiymatini hisoblash amallar tartibi bo'yicha bajariladi:
1) Agar sonli ifoda da qavslar bo 'Imasa, uni bir-biridan qo 'shish va ayirish beigilari bilan ajraladigan qismlarga bo'lib, har bir qismning qiymati topiladi, bunda ко 'paytirish va bo 'lish chapdan о 'ngga qarab tartib bilan bajariladi; shundan keyin har bir qismni uning qiymati bilan almashtiriladi va qo'shish vq ayirish amalla-rini chapdan о 'ngga qarab tartib bilan bajarib, ifodaning qiymati topiladi.
2) Agar sonli ifodada qavslar bo 'Isa, ifodaning chap va о ng qavslar ichidagi va boshqa qavslar qatnashmagan qismlari olinadi, 1- qoida bo 'yicha и laming qiymatlari topiladi va qavslarni t ash-lab, qismlar topilgan qiymatlar bilan almashtiriladi. Agar shular-dan keyin qavssiz ifoda hosil bo'lsa, bu ifoda 1-qoida bo'yicha hisoblanadi. Aks holda у ana 2-qoidani qo 'Hash kerak bo 'ladi.
Masalan, ((36 : 2 - 14) • (42 • 2 - 14) + 20) : 2 ifodaning qiymatini topish kerak bo'lsin.
Avval 36 : 2 - 14 = 18 - 14 = 4, 42 • 2 - 14 = 84 - 14 = 70 ni topamiz. 36 : 2 - 14 va 42 • 2 - 14 ni ularning qiymatlari bilan almashtirilib, hosil qilamiz:
(4 • 70 + 20): 2 = (280 + 20): 2 = 300 : 2 = 150.
Demak, berilgan ifodaning qiymati 150 ga teng ekan.
Shuni aytish kerakki, har qanday sonli ifoda ham qiymatga ega bo'lavermaydi. Masalan, 8 : (4 - 4) va (6 - 6): (3 - 3) ifoda sonli qiymatga ega emas, chunki nolga bo'lish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |