O‘quvchilar she’r matnini mustaqil o‘qiyotganlarida xattaxtaga ma’nosi izohlanadigan so‘zlar yozib qo‘yiladi. Masalan, “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’ri o‘rganilganda “to‘zg‘itar”, “momiq par”, “oq namat”, “nazdimda”, “zarra” so‘zlari izohlanadi. Shundan so‘ng, she’r o‘quvchilarga navbat bilan o‘qittiriladi, uning mazmuni yuzasidan savollar asosida suhbat o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha savollar berilishi mumkin: “She’rda qaysi fasl tasvirlangan ekan?”, “Shoir qor yoqqan joylarni nimaga o‘xshatadi?”, “She’rda qor yog‘ishi nimaga qiyoslangan?”, “Shoir qorga qanday murojaat qiladi?”. O‘qituvchi berilgan javoblarni to‘ldirib, o‘quvchilarning qish fasliga doir tushunchalarini boyitadi.

“Qish” (Tursunboy Adashboev) she’rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she’rni o‘qishdan oldin ham o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkaziladi. O‘quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning rangi o‘zgarib, qorda o‘zini dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o‘siq yunglari sovuqda yashashga qo‘l kelishi to‘g‘risida tushuncha beriladi. She’r matni bilan tanishishdan oldin xattaxtaga “ayoz”, “quyruq”, “so‘qmoq”, “piyma”, “po‘stin” “pahmoq” so‘zlari yozilib, ma’nosi izohlanadi. She’rni navbat bilan o‘quvchilarga to‘rt-besh marta o‘qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. She’rning to‘la mazmuni uch-to‘rt o‘quvchilarga gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to‘ldiriladi. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan dalalarni, tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini kuzatish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo‘lishi uchun boy material beradi.