“Qish to‘zg‘itar momiq par” (Qudrat Hikmat) she’rini o‘rganish jarayonida agar qor yog‘magan bo‘lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush” sifati qo‘shib aytiladi. Bu shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning oppoq bo‘lib tovlanishiga, ko‘zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni o‘rganish darsi dastlab o‘quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan boshlanadi. Qishning o‘ziga xos belgilari, qishda o‘ynaladigan o‘yinlar, qish manzarasi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. O‘quvchilarning qish faslida sovuq bo‘lishi tufayli ayrim qushlarning o‘lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to‘ldiriladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi she’rni ifodali o‘qiydi.

Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali o‘qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o‘qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir etsin. So‘ngra she’rni mustaqil o‘qish topshiriladi. O‘qish oddiy bo‘lishi kerak. O‘qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g‘azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bolalar she’rni o‘qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.