Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodikasi mavzu


Savod oʻrgatish davrining bosqichlari



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə4/9
tarix21.12.2023
ölçüsü37,27 Kb.
#188826
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodi

2. Savod oʻrgatish davrining bosqichlari
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi4:

a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);
b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni o‘stirishdan iboratdir.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o‘z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo‘linadi:
1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
2. Unli tovush va harf o‘rganiladigan bosqich (1 hafta).
1-bosqichda o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so‘z, bo‘g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o‘rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o‘zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo‘shiqlar, latifalardan ayttiriladi.
Tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so‘zlarning talaffuzi, o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda unli tovush-harflar o‘rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch xususiyatini o‘quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim:
a) talaffuzda (og‘izda) to‘siqqa uchramasligi;
b) cho‘zib aytilishi;
v) faqat ovozdan tashkil topishi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko‘rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o‘ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko‘ramiz, o‘qiymiz) ham izchil ravishda o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, l kabi), keyin esa sirg‘aluvchi va boshqa undoshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalari (ng, sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi (’) bilan tanishtiriladi.
O‘quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlash, bo‘g‘indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish, bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo‘g‘inlab o‘qish asosi shakllantiriladi: ikki harfli ochiq (na, ni, mu kabi), ikki harfli yopiq (in, ol kabi), uch harfli yopiq bo‘g‘inlarni (mon, lim, til kabi) o‘qishga o‘rgatiladi.
Alifbo davrini o‘rganiladigan tovush-harfning va o‘quv materialining murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga ajratish mumkin:
1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg‘aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich;
2) artikulyatsiyasi qiyin bo‘lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo‘l-bars, do‘st, rasm kabi tuzilishdagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich;
3) o‘rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so‘zlarni o‘qishga o‘rgatiladigan bosqich.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so‘z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o‘tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo‘lgan undoshlar ng (tong, rang, keng), lab-tish undoshi v, qorishiq undosh ch, jarangli portlovchi j (jo‘ja) va jarangli sirg‘aluvchi - j (jurnal) kabilarni o‘rganishda tovush artikulyatsiyasiga oid ishlar qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so‘zlar: ko‘rib (ko‘rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unlisi bor so‘zlar: bilan (blan), sira (sra); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so‘zlar: baland (balan), do‘st (do‘s), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax) kabilarni yozilgandek o‘qish imloni o‘rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so‘ng orfoepik o‘qitiladi.
Yuqoridagi kabi so‘zlarni o‘qish bilan bo‘g‘inlab o‘qish malakasi takomillashadi: o‘quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so‘zlarni ham to‘g‘ri o‘qishga o‘rganadilar.



Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin