Международный
научный
журнал
№
7
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Февраль
, 202
3
582
SAVOD O‘RGATISH O‘QISH DARSLARINING TURLARI VA TUZILISHI. SAVOD
O‘RGATISH DAVRIDA O‘QUVCHILARNI BO‘G‘INLAB O‘QISHGA O‘RGATISH
Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 3-bosqich
talabasi
Matyoqubova Fotima Urinbayevna
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada boshlang‘ich ta‘lim o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qish va
yozish qoidalari hamda bo‘g‘inga bo‘lib o‘qish va o ‘qigan mavzularini qayta so‘zlab berish
qoidalari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
:Bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish,tovush, artikulyastiya, fonetik ishlar,diktant
yozish,bo‘g‘inlab o‘qish, grafik shakllar.
Аннотация:
В данной научной статье идет слово о правилах правильного
чтения и письма для учащихся начальной школы, а также о правилах чтения по
слогам и пересказа прочитанных тем.
Ключевые слова
: Обучение слоговому чтению, звучанию, артикуляции,
фонетической работе, написанию диктанта, слоговому чтению, графическим
формам.
Abstract
: In this scientific article, a word about the rules of correct reading and
writing for elementary school students, as well as the rules for reading in syllables and
retelling the topics they have read goes.
Key words
: Teaching syllabic reading, sound, articulation, phonetic work, writing
dictation, syllabic reading, graphic forms.
O‘quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o‘qishni
muvaffaqiyatli
egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlash, bo‘g‘indan tovushni
ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish,
bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.Bu davrda bo‘g‘inlab
o‘qish asosi shakllantiriladiAlifbo davrini o‘rganiladigan tovush-harfning va o‘quv
materialining murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga ajratish mumkin:
1)
unli tovush-harflar, ovozdor, sirg‘aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan
tuzilishidagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich;
2) artikulyastiyasi qiyin bo‘lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo‘l-bars, do‘st, rasm kabi
tuzilishdagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich;
3) o‘rganilganlar
takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j,
tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi
so‘zlarni o‘qishga o‘rgatiladigan bosqich.