часть
2
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
584
ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham
o‘rgatiladi.O‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish
malakasiga o‘quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o‘ylab
o‘tirmay, so‘z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak o‘qish va yozish malakasi
harakatning o‘ylab o‘tirmay amalga oshirilishi jarayonidir.Malaka o‘qitishning keyingi
bosqichlarida mustahkamlanib avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.O‘qish va yozish
kishi nutq faoliyatini turi bo‘lib, u nutqqa oid malakadir.O‘qish malakasini ham nutq
faoliyatining boshqa turlari bilan, ya‘ni og’zaki hikoya qilish, o‘zgalar nutqini eshitish
orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Maktabda o‘qitishning
muvaffaqiyati savod o‘rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog’liq. O‘quvchini savod
o‘rgatish jarayonida elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishda o‘quvchilarning faoliyat
ko‘rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo‘lishi, o‘z fikrini og’zaki
yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat
yaratilishi
lozim.
O‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalgam oshuvini
ta’minlaydi.Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga o‘rgatish parallel olib
boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod
o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi yozishi zarur. O‘qish uchun ham, yozish
uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o‘qish
bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko‘pincha o‘qilgan matnni yuzaki yodlab olishga
to‘g’ri keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani
mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o‘stiradi.O‘quvchi oldida uzoq
muddatda amalga oshadigan maqsad o‘qish va yozishni o‘rganish hamda hozirda
bajarish shart bo‘lgan kundalik maqsad – topishmoqni o‘qish va javobini toppish,
so‘z va gaplarni o‘qish rasm asosida so‘zlar berish kabilar turadi. O‘zbek tili
yozuvi ya’ni fanematik yozuvdir. Har bir yozuv uchun, har bir fonema uchun mahsus
grafik shakl olingan. O‘qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha,
tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o‘qish va yozish faoliyatida o‘quvchi uchun
qiyinchilik tug’dirgandek tuyulsa – da, aslida o‘qish va yozish jarayonini
soddalashtiradi, chunki tizimdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko‘p emas.
O‘qish va yozishni o‘zlashtirish uchun tovush va harflarning o‘zaro munosabatiga
oid qoidalarni o‘zlashtirish kifoya. Savod o‘rgatish metodikasida o‘zbek tili tovushlar
va harflar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. O‘qish
darslari davomida o‘quvchilar so‘zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish. So‘z va
gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga
o‘rgatiladi. Xat-savod o‘rgatish davrida bolalarni bosma harflar bilan yozma
harflarning o‘xshash tomonlarini farqlab bosma harflarning yozma ravishda ko‘chirib
yozishga ham o‘rgatish foydalidir. Chunki ular ko‘pincha bosma harflarni aralashtirib
yozib qo‘yadilar. Shunday paytda ular e’tiborini yozuv namunalariga jalb qilish,