часть
2
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
586
2. So`z asos qilinib , analitik mashqlar yordamida o‘rganiladigan tovush ajratib
olinadi. Masalan: oy. O‘qituvchi oy rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning nomini ayadi.
O‘quvchi o tovushini cho‘zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho‘zib aytayotganini
o‘quvchilardan so‘raydi. Oquvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-
javob o‘tkaziladi.
3. O‘rganilgan harflar ichiga bugun o‘rganiladigan harf arashlashtirib qo‘yiladi, bolalar
uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so‘ng o‘qituvchi bu harf ifodlaydigan tovushni
aytadi. O‘quvchilar tovushning xususiyatlrini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan
topib, kitob sahifasidan , rasmli alaifbodan ko‘rsatadilar shu tariqa tovush-harf bilan
tanishtirilgach, o‘qishga o‘rgatish ustida ishlanadi. O‘qishga o‘rgatishda bo‘g’in asos
qilinib olinadi. Buning uchun o‘qituvchida bo‘g’in jadvali bo‘lishi kerak. Bo‘g’in jadvali
asosida o‘qish namunasi ko‘rsatiladi, ya’ni harflab emas ichida, birinchi harfni ko‘z bilan
ko‘rib uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko‘rish va ikkalasini bog’lab unlini
mo‘ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo‘gin o‘qish oqituvchining namunasi asosida doimiy
izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi chizmalardan foydalanish mumkin: bunda “Alifbe”
sahifalaridagi so‘zlarni oldin bo‘ginlarga bo‘lish, so‘ng o‘qishni mashqqilish yaxshi samara
beradi. O‘qituvchining namunali o‘qishidan so‘ng birlikda ovoz chiqarib o‘qish, yakka-yakka
oqish, shivirlab o‘qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o‘qiydigan o‘quvchilar bolgan
sinflarda xor bilan o‘qitish o‘qishni tezlshtiriladi. Sinf o‘quvchilarining o‘qish
ko‘nikmalaridan kelib chiqib matndagi so‘zlarni xttaxtada bo‘g’inlarga bo‘lib yoish
o‘rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo‘shimcha so‘z birikmalari, gaplar tuzib yozish va
o‘qitish usulidan ham foydalaniladi.Ma’lumki “Alifbe” sahifalarida bogin tuzilishi
murakkablashib boradi. Shuning uchun o‘qituvchi har bir bo‘gin tuzilishining
murakkabligiga qarab ish usullarini belgilab olishi zarur . Masalan uch tovushdan tuzilgan
,to‘rt tovushdan tuzilgan boi’g’inlarni o‘qishga o‘rgatish ham oziga xos qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi. bunda o-lov, Man-non tipidagi bo‘g’inlarda o-lov, Ma”n-no:n tarzidagi
qo‘shimcha chiziqlardan , bodring do‘sttipidagi bo‘ginlarda bo:d-ri:ng, to‘rt tarzidagi
qo‘shimcha chiziqlardan foydalniladi. So‘zlarni o‘qishga o‘rgatishda bo‘lib o‘qitishdan
tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi: Umuman olganda , har bir o‘qish darsida,
albatta bo‘g’in tuzilishi murakkab bo‘lgan so‘zlarni o‘qish mashqi o‘tkazilishi lozim. Bu usul
o‘qituvchilarda o‘qish malakasining takomillashuviga yordam beradi.Har bir piredmetda
bo‘lgani kabi o‘qish darslarida ham talim tarbiya birligiga e’tibor beriladi. O‘qish darslarida
tarbiya o‘qilgan matinning ongli o‘zlashtirilishiga bog’liq. Birinchidan, o‘quvchi matnda fikr
nima haqda borayotganini anglasagina, o‘zida shunday sifatlarni shakllantirishga harakat
qiladi. Ikkinchidan , yaxshi inson bo‘lish uchun o‘qishning zarurligini anglaydi. Ongli o‘qishni
taminlashda matn bilan unga ishlangan mazmunlui rasmlar o‘rtasidagi bog’lanishlarni
aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatini qaratish lozim. bunda
quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Rasmni kuzating matnda nima haqida gap boradi?
2. Rasmda nima tasvirlangan ?