часть
2
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
583
3) o‘rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j,
tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi
so‘zlarni o‘qishga o‘rgatiladigan bosqich.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so‘z
ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o‘tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til
kabi) Alifbo davrining oxirida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari
zarur: hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to‘g‘ri talaffuz qilishi; so‘zning
bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so‘zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay
olishi, kerakli tovushni so‘z va bo‘g‘inga ajrata olishi; kesma harf va bo‘g‘inlardan so‘z tuza
olishi va o‘qishi; 2-3-4 bo‘g‘inli so‘zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o‘qishi;
gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishi; o‘zi o‘qigan matnning mazmunini tushunib, ongli
o‘qishi; o‘qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
o‘qigan matnga sarlavha topa olishi; to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish malakalariga ega
bo‘lishi. Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni to‘g‘ri
shakllantirish, harflarni to‘g‘ri ulash, alifbeda o‘qigan bo‘g‘in, so‘z va gaplarni namunaga
qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z, gap diktantlarini yozish ko‘nikmasini shakllantirish, izohli,
saylanma, ko‘ruv, ta’limiy diktant yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani
shakllantirishdir. Savod o‘rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi
yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so‘z yoza olishlari talab qilinadi. Alifbo davri yozuv
darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni to‘g‘ri shakllantirish, harflarni to‘g‘ri
ulash, alifbeda o‘qigan bo‘g‘in, so‘z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z,
gap diktantlarini yozish ko‘nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko‘ruv, ta’limiy diktant
yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o‘rgatish
jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so‘z
yoza olishlari talab qilinadi.Savod o‘rgatish metodikasi,ya’ni elementar o‘qish va
yozishga o‘rgatish.Bolalarga savod o‘rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy
hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi
mustaqillik uchun , siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil
O‘zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo‘lishiga alohida e’tibor
berilmoqda. Prezidentimiz Islom A. Karimov kelajak avlodning savodxon , yuksak Ma’
naviyat egasi bo‘lib yetishishlari uchun g’amho‘rlik qilmoqdalar. Maktabda o‘qitish
elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. “Alifbe “ ga asoslangan holda
qisqa vaqt ichida o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi, ya’ni o‘qish va yozish
ko‘nikmasini egallaydilar. Savod o‘rtgatish davrida o‘qish va yozish harakatini
maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o‘qish va yozish ko‘nikmasi deyiladi. Bu
ko‘nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi.
Bilim ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan bola v harfining elementlarini,
yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib uni daftarda yoza olmasligi yoki
o‘quvchi harflarni tanib, ularni o‘qiy olmasligi mumkin. Yozish ko‘nikmasini hosil
qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to‘g’ri o‘tirish,