Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining tarixiy taraqqiyoti



Yüklə 35,78 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü35,78 Kb.
#204890
  1   2   3   4
BOSHLANG\'ICH TA\'LIM PEDAGOGIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI


BOSHLANG'ICH TA'LIM PEDAGOGIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI
Reja:

  1. O’zbekistonda boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi

  2. Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi

  3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixini o’rganishning ahamiyati

O’zbekistonda boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi. O’zbekiston pedagogikasi taraqqiyotida “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” asrlar davomida rivojlanib kelgan. Mazkur predmetning tarixiy taraqqiyotini quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:

  1. eng qadimgi davr (VII asrgacha);

  2. o’rta asrlar davri (IX-XIX asrlar);

  3. yangi davr (XX-XXI asrlar).

Eng qadimgi davr Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi manbalarini xalq og’zaki ijodi, “Avesto” asari va arxeologik topilmalar tashkil qiladi. Bu davrda boshlang’ich ta’lim oilada va ibodatxonalar huzuridagi bilimxonalarda berilgan. Unda yozish, o’qish va biror hunarga yo’naltirishga e’tibor qaratilgan.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining o’rta asrlar davridagi manbalari juda ko’p bo’lib, ular Ustoz mutafakkirlar tomonidan yaratilgan. Jumladan, Imom Buxoriyning “Al-adab”, Hakim Termiziyning “Ma’rifat”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub”, Xojanazar Huvaydoning “Rohati dil”, SHermuhammad Munisning “Savodi ta’lim” asarlarida boshlang’ich ta’limni tashkil etish va o’qitish metodologiyasi tahlil qilib berilgan. Bu davrda o’g’il bolalar masjidlar qoshidagi maktablarda boshlang’ich ta’lim olgan, qiz bolalar esa Otinoyi o’qituvchilar tashkil etgan maktablarda o’qishgan. Mazkur davrda boshlang’ich ta’limdan boshlab islom dini asoslari o’qitilgan va fikrlash, nutqni o’stirish uchun shoirlarning she’rlari yodlatilgan. Misol uchun, Alisher Navoiy 6 yoshida Farididdin Attorning (XIIIasr) “Mantiq ut–tayr” (Qush tili) asarini yodlab olganligini yozgan.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining yangi davrida boshlang’ich ta’limni ilmiy – pedagogik qonuniyatlar asosida amalga oshirish yo’lga qo’yildi. Natijada O’zbekiston boshlang’ich ta’limida dunyoviylik tamoyili usituvor bo’lib, bu tizim xalqaro standartlarga moslashdi. Mazkur davrning manbalarini boshlang’ich ta’lim muammolariga oid ilmiy tadqiqotlar va darsliklar tashkil etadi. O’tgan asrning 30-yillariga kelib O’zbekistonda barcha maktab yoshidagilar boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olindi.
O’zbekiston “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” tarixi quyidagi tajribalarga ega:

  • o’qitishning eng oson va maqbul metodlarigi egalik;

  • har bir bolaning savodxon bo’lishiga erishish;

  • har bir bolani bilim olishga qiziqtirish;

  • ta’lim texnologiyalarining eng zamonaviy shakllarini amaliyotga tatbiq etish;

  • professional boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlash.

1998 yili YuNESKO tomonidan hozirgi zamon O’zbekiston boshlang’ich ta’limi eng ilg’or va samarali ta’lim turlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Mazkur tajribalar bugungi kunda dunyo miqyosida targ’ibot qilinishi kerak.

Yüklə 35,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin